Logo

Parkentdan Toshkentga elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Bugun 18:201 daqiqa

Endi yo‘lovchilar Parkentdan 50 daqiqada poytaxtga yetib borishi mumkin.

Parkentdan Toshkentga elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi © Foto: t.me/uzrailways_uz

Parkent–Toshkent–Parkent yo‘nalishida shaharlararo elektropoyezd qatnovi 7-sentabrdan yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Elektropoyezd 586 ta o‘rindiqqa ega bo‘lib, jami 1154 nafargacha yo‘lovchini tashish imkoniyati mavjud. Parkentdan Toshkentgacha bo‘lgan yo‘lni poyezd taxminan 50 daqiqada bosib o‘tadi.

Yo‘l haqi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 6,5 ming so‘m etib belgilangan.

Yangi temir yo‘l

Baytqo‘rg‘on–Parkent temir yo‘l liniyasini qurish ishlari prezidentning 2025-yil 27-yanvardagi qarori asosida 2025-yil yanvarda boshlangan.

Loyiha doirasida uzunligi 24 kilometr bo‘lgan elektrlashtirilgan temir yo‘l barpo etildi. Shuningdek, 3 ta temir-beton ko‘prik va 1 ta avtomobil yo‘l o‘tkazgichi qurildi.

Infratuzilma tarkibida 76 ta suv o‘tkazish inshooti, 16 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasi hamda 50 o‘rinli «Parkent» temir yo‘l bekati tashkil etildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning ta’kidlashicha, loyihaning ishga tushirilishi Parkent tumanining sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Yangi temir yo‘l nafaqat mahalliy aholi uchun poytaxtga borish-kelishni yengillashtiradi, balki hududga sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun ham qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Teglar

Mavzuga oid