add

Putin hokimiyatda 97 yoshgacha qolishni rejalashtirmoqda — Daily Star

02.11.2025 | 18:4513472

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hokimiyatni 2050 yilgacha saqlab qolishni niyat qilgan. OAV manbalarga ko‘ra, u shunda 97 yoshga to‘ladi va so‘ngra hokimiyatni o‘g‘liga topshirishi mumkin.

Putin hokimiyatda 97 yoshgacha qolishni rejalashtirmoqda — Daily Star

Britaniyaning Daily Star gazetasi surishtiruvchi jurnalisti Ilya Davlyatchin ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hokimiyatda 2050 yilgacha qolishni rejalashtirgan. 73 yoshli Putin Iosif Stalindan beri Kremlda eng uzoq hukmronlik qilgan rahbar bo‘lib, u 97 yoshgacha hokimiyatni saqlab qolishni xohlayotgani aytilmoqda. Shu davrda u hokimiyatni 10 yoshli o‘g‘li Ivanga topshirishni ham ko‘rib chiqmoqda — 2050 yilga kelib Ivan 35 yoshga to‘ladi.

2020 yilda qabul qilingan Rossiya konstitutsiyasi Putinning prezidentlik muddatini «nollashtirib», unga 2036 yilgacha, ya’ni 83 yoshga kirguncha hokimiyatda qolish imkonini bergan.

Hozirgi paytda u hukmronlik davomiyligi bo‘yicha ko‘plab tarixiy rahbarlarni ortda qoldirgan: Pinochet va Kim Chyon Ir (17 yil), Mussolini va Suxarto (20 yil), shuningdek Chaushesku (24 yil). Agar Putin beshinchi muddatni yakunlasa, Mao Jedongni ortda qoldirishi, oltinchi muddatda esa Ispaniya rahbari Franko va Portugaliya diktatori Salazar bilan tenglashishi mumkin.

2050 yilgacha hokimiyatda qolsa, u Muammar Qazzofiy (42 yil), Kim Ir Sen (46 yil) va Fidel Kastro (49 yil)dan ham uzoqroq hukmronlik qilgan rahbarga aylanadi. Shu tariqa, u Ivan Grozniydan keyin Rossiya tarixida eng uzoq boshqargan shaxs bo‘ladi. Ivan Grozniy rasman 50 yil hukmronlik qilgan, ammo uning yoshligida davlat ishlarini boyarlar boshqargan edi.

Daily Star yozishicha, Putin atrofidagilar uning umrini uzaytirish bo‘yicha loyihalar bilan shug‘ullanmoqda. The Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarishni sustlatishga oid barcha ilmiy ishlanmalarni yig‘ish topshirilgan. Loyihani Putinning yaqin do‘sti, 77 yoshli akademik Mixail Kovalchuk — Kurchatov ilmiy-yadroviy instituti rahbari boshqarmoqda. Shuningdek, unda Putinning katta qizi, endokrinolog shifokor Mariya Voronsova ham ishtirok etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid