add

Sudyalar oliy kengashida kutilmagan faollik: 13 kunda 100 dan ortiq tayinlov

07.08.2025 | 12:0026273

O‘zbekistonda sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov vakolat muddati tugashi arafasida 13 ish kuni ichida kutilmagan faollik ko‘rsatib, 7 marta kengash chaqirdi va 100 dan ortiq sudya tayinlovini amalga oshirdi.

Sudyalar oliy kengashida kutilmagan faollik: 13 kunda 100 dan ortiq tayinlov
2020 yil 5 avgustda tayinlangan Yodgorovning vakolati 2025 yil 6 avgustda tugadi. Shu muddat arafasida, ya’ni 15 iyuldan 5 avgustgacha bo‘lgan 13 ish kunida u 7 marta kengash yig‘ilishi o‘tkazdi. Odatda kengash oyiga ko‘pi bilan 2−3 marta chaqirilgan. So‘nggi yig‘ilishlarda olib borilgan tayinlovlar jami 100 nafardan oshdi. Jumladan, — 15 iyulda 5 nafar sudya ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi o‘n yilik muddatiga, 2 nafari vakolati muddatiga qayta tayinlangan, — 18 iyulda 3 nafar sudya ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, 8 nafari vakolati muddati davriga qayta tayinlangan, — 24 iyulda sudyalar oliy maktabining 14 nafar bitiruvchisi sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi 5 yillik muddatiga — 25 iyulda yana 27 nafar bitiruvchi sudya etib tayinlandi. — 31 iyul, 4 va 5 avgust kunlarida o‘tgan yig‘ilishlarda esa 59 nafar nomzod turli muddatlarga sudya etib tasdiqlangan. Shu tariqa 13 kunda 77 nafar nomzod sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga, 20 nafari yangi muddatga, 37 nafari esa o‘z lavozimiga qayta tayinlangan. Kun.uzning xabar berishicha, mazkur faollik yuzasidan Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi tomonidan izoh berildi. Unga ko‘ra, bu qarorlar orqali bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish, sudlarda yuklamani kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsad qilingan. Shuningdek, Yodgorov hozirda dam olayotgani ma’lum qilindi.

Teglar

Mavzuga oid