add

Turkiy davlatlar Ramazon oyining boshlanishi va hayit sanasi bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qildi

Kecha 18:581 daqiqa

Samarqandda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo qo‘mitasi Ramazon oyining boshlanishi va Ramazon hayiti bayrami sanalarini qo‘shma tarzda belgiladi.

Turkiy davlatlar Ramazon oyining boshlanishi va hayit sanasi bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qildi

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo qo‘mitasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2026 yil (1447 hijriy) uchun Ramazon oyining boshlanishi va Ramazon hayiti bayrami sanalarini qo‘shma tarzda belgiladi.

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, 2026 yilda Ramazon oyining birinchi kuni payshanba, 19-fevral kuniga to‘g‘ri keladi, Iyd al-Fitr esa juma, 20-mart kuni nishonlanadi.

«Ramazon oyining boshlanishi va Iyd al-Fitr sanalari bo‘yicha qabul qilingan ushbu qo‘shma qaror turkiy davlatlarning o‘z musulmon jamoalari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, shuningdek, diniy amallarni zamonaviy ilmiy xulosalar bilan uyg‘un holda saqlab qolishga bo‘lgan sadoqatini yana bir bor tasdiqlaydi», – deyiladi TDT bayonotida.

Ma’lumot uchun, Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo hay’atining maslahat yig‘ilishi 2026 yil 2-4-fevral kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarligida tashkil etilib, tashkilotga a’zo mamlakatlar diniy idoralari vakillari va islom ulamolari ishtirokida o‘tkazildi.

Ushbu Fatvo hay’atiga TDT a’zo mamlakatlar va rasmiy musulmon diniy idoralari faoliyat yuritayotgan kuzatuvchi davlatlar muftiyatlari vakillari kiradi. Bular: Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar – Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va TDT kuzatuvchi davlatlari Turkmaniston va Vengriya.

Teglar