add

Ukraina dronlardan ko‘proq talafot ko‘rmoqda: Rossiya hujumlari 3 baravar samaraliroq chiqayapti

01.08.2025 | 11:003584

Rossiya dron hujumlarini kuchaytirmoqda — mart oyida Ukraina mudofaasi 5 foizinigina o‘tkazib yuborgan qurilmalar bugungi kunda 15 foizga nishonlarga yetib bormoqda. Ukraina esa arzon tutuvchi dronlar ishlab chiqarishni ommaviy ravishda kengaytirishga majbur bo‘lmoqda.

Ukraina dronlardan ko‘proq talafot ko‘rmoqda: Rossiya hujumlari 3 baravar samaraliroq chiqayapti
The Economist nashrining yozishicha, Rossiya har kuni 200 dan ortiq dron ishlab chiqaryapti. Bu dronlar — asosan Geran-2 va Gerbera turlari — frontdan 1500 km uzoqlikda — Tataristonda joylashgan zavodlarda himoyada ishlab chiqilmoqda. Geran-2 modeli 90 kiloli zarbdor kallak, sun’iy intellekt va video boshqaruv tizimiga ega. Ular 4 km balandlikdan soatiga 400 km tezlikda sho‘ng‘ishi mumkin. Bitta Geran-2 dronining bahosi taxminan 200 ming dollarga teng. Ukraina esa bir donasi 5 ming dollarga tushadigan tutib uruvchi dronlarni jadal ishlab chiqarmoqchi. Hozirgi kunda ular har kuni 70 foizgacha Geran dronlarini yo‘q qilyapti. Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bu ko‘rsatkichni mustahkamlash uchun kunlik 1000 ta tutuvchi dron ishlab chiqarish dasturini yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun 6 mlrd dollar mablag‘ talab etiladi. Ukrainada hozircha texnologik kamchiliklar saqlanmoqda — dronlarning radiolokatsion ulanish va signallar to‘silishidan himoya tizimlari mukammal emas. Shu bois Rossiya yaqin kunlarda yangi algoritm va sun’iy intellektga asoslangan dronlar to‘dasi bilan Ukraina himoyasini aldashga urinishi mumkin. Ukraina bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning ta’kidlashicha, mamlakat Rossiyaning kunlik ishlab chiqarish salohiyatiga yetib olish arafasida. Ammo ishlab chiqarish liniyalarini kengaytirish, operatorlarni tayyorlash va katta hajmda shartnomalar tuzish hali ham muhim muammoligicha qolmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ukrainada har bir Geran droniga qarshi donasi million dollarlik IRIS-T zenit raketasini ishlatish mudofaa tizimini moliyaviy jihatdan samarador qilmaydi. Shuning uchun arzon tutib uruvchi dronlar — yechim sifatida muhokama markazida turibdi.

Teglar

Mavzuga oid