add

Yevropa Ittifoqi 2028 yildan zaryadlovchi qurilmalarga qat’iy standartlarni joriy etadi

20.10.2025 | 17:0030581

Yevropa Ittifoqi 2028 yildan boshlab barcha zaryadlovchi qurilmalar uchun yagona USB-C standartini joriy etishga qaror qildi. Bu tashabbus elektron chiqindilarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Yevropa Ittifoqi 2028 yildan zaryadlovchi qurilmalarga qat’iy standartlarni joriy etadi
Yevropa Ittifoqi elektron chiqindilar miqdorini qisqartirish va barqaror ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaryadlovchi qurilmalarga oid yangi qoidalarni qabul qildi. Talablar 2028 yil oxiridan amalga kiritiladi. YeI hududida sotiladigan barcha 240 vattgacha bo‘lgan tashqi quvvat adapterlari USB-C porti va ajratib olinadigan kabel bilan jihozlanishi shart bo‘ladi. Shu bilan birga, ular past quvvatda ham energiyani tejovchi tarzda ishlashi lozim. Yevropa Komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, adapterlarda «EU Common Charger» belgisi paydo bo‘ladi. Unda qurilmaning quvvati, energiya samaradorligi, chidamliligi va ta’mirlash imkoniyati haqidagi ma’lumotlar aks etadi. Bu yetiket foydalanuvchilarga to‘g‘ri quvvat manbasini tanlashda yengillik yaratadi. Yevrokomissiya hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi standartlar energiya sarfini taxminan 3 foizga, issiqxona gazlari chiqindisini esa 9 foizga qisqartirishi mumkin. Shu bilan birga, turli ishlab chiqaruvchilarning adapterlari o‘zaro mos bo‘lishi sababli, Yevropa iste’molchilari yiliga taxminan 100 million yevro tejash imkoniga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarga yangi talablarga moslashish uchun uch yillik o‘tish davri beriladi. Yangi tartiblar maxsus xavfsizlik talablari mavjud bo‘lgan tibbiy uskunalar va ba’zi ixtisoslashgan qurilmalarga taalluqli emas. Yevropa Ittifoqi Apple kompaniyasiga zaryadlash portisiz iPhone ishlab chiqishni taqiqlamagani ham qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid