add

Yevropaning mashhur «Sinsay» brendi O‘zbekistondagi birinchi do‘konini ochdi

01.08.2025 | 11:4513993

31 iyul kuni Toshkent shahridagi «Yunusabad Gallery» savdo markazida Polshaning «LPP S.A.» kompaniyasiga tegishli «Sinsay» brendining birinchi do‘koni tantanali ravishda ishga tushirildi. Loyiha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va mamlakatning Polshadagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirildi.

Yevropaning mashhur «Sinsay» brendi O‘zbekistondagi birinchi do‘konini ochdi
1991 yilda Polshada tashkil etilgan «LPP S.A.» hozirda beshta brend — Reserved, Cropp, House, Mohito va Sinsay orqali 40 dan ziyod davlatda 2000 dan ortiq do‘konga ega. Kompaniya Polsha, Germaniya, Chexiya, Vengriya, Rumыniya, Bolgariya, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Qozog‘iston, Gurjiston va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Savdo-sanoat palatasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda kompaniya O‘zbekistonga 67 mlrd so‘m miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritgan. Shuningdek, mahalliy filialda 30 dan ortiq mutaxassis doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan. Bu nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratilishi, balki sohaga xalqaro tajriba kirishiga ham xizmat qiladi, deyiladi xabarda. «LPP S.A.» mahalliy to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Qo‘shma ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Joriy yil oxiriga qadar O‘zbekistondagi sarmoyalar hajmi 10 mln dollarga yetkazilishi va 20 dan ziyod «LPP S.A.» do‘konlari ochilishi rejalashtirilgan. Bu ichki bozorda raqobatni kuchaytirish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishga turtki bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid