add

2026 yil davlat byudjetining 20 foizini Navoiy kon-metallurgiya kombinati to‘ldiradi

28.11.2025 | 09:304832 daqiqa

Kelasi yil davlat byudjeti tushumlarining katta qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobiga shakllanishi, eng ko‘p soliq to‘lovchi esa «NKMK» bo‘lishi kutilmoqda.

2026 yil davlat byudjetining 20 foizini Navoiy kon-metallurgiya kombinati to‘ldiradi

2026 yil uchun davlat byudjeti daromadlari tarkibi bo‘yicha taqdim etilgan loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, kelasi yilda daromad manbalarida eng katta ulushni qo‘shilgan qiymat solig‘i egallaydi. QQS bo‘yicha tushumlar 88,8 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda.

photo_2025-11-28_08-36-07

Foyda solig‘i ikkinchi yirik manba sifatida 64,5 mlrd so‘m atrofida yig‘ilishi tahmin qilingan. Uchinchi yirik daromad manbai sifatida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 48,9 mlrd so‘mni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, aylanma soliqdan 22,8 mlrd, aksiz solig‘idan 12,9 mlrd, mol-mulk solig‘idan 10,9 mlrd va yer solig‘idan 9 mlrd so‘m atrofida mablag‘ tushishi kutilyapti.

photo_2025-11-28_08-36-21

Bojxona bojlari ham davlat byudjeti daromadlarining muhim qismini tashkil etadi — 24,7 mlrd so‘m miqdoridagi tushum rejadan o‘rin olgan. Yer qa’ridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar esa mutanosib ravishda 2,8 mlrd va 1,1 mlrd so‘mni tashkil qilishi belgilangan. «Boshqalar» deb qayd etilgan yo‘nalish esa 82,2 mlrd so‘m bilan yirik ulushni tashkil etadi.

Yirik soliq to‘lovchilar kesimida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» (NKMK) katta farq bilan yetakchilikni saqlab qolmoqda. Kombinatning 2026 yildagi soliq to‘lovlari davlat byudjeti daromadlarining 20,2 foizini ta’minlashi kutilmoqda.

Yirik to‘lovchilar orasida «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ 5,2 foiz, «Uzgastrade» AJ 1,7 foiz, «Navoiyuran» DK, «Hududgazta’minot» AJ va «O‘zbekneftgaz» AJ har biri 1,5 foizdan ulushga ega bo‘lishi kutilgan. «UzAuto Motors», «Uzbat», «O‘ztransgaz», «Hududiy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari» kabi korxonalar ulushi 0,2–1 foiz oralig‘ida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid