Logo

Samarqand xalqaro texnologiya universitetining 352 nafar talabasi boshqa OTMga o‘tish uchun ariza topshirdi

Bugun 21:121 daqiqa

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda universitet faoliyati to‘xtatilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Samarqand xalqaro texnologiya universitetining 352 nafar talabasi boshqa OTMga o‘tish uchun ariza topshirdi © Ijtimoiy tarmoqlar

Samarqand xalqaro texnologiya universitetida tahsil olayotgan 352 nafar talabadan o‘qishini boshqa oliy ta’lim tashkilotida davom ettirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda universitet faoliyati to‘xtatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ta’lim va ilm-fan vazirligi bunga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, universitetda yuzaga kelgan tashkiliy va moliyaviy holatlar sababli talabalarning ta’lim olishini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda vazirlik ishchi guruhi tomonidan talabalar va ularning ota-onalari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, vaziyat o‘rganilgan. Hozirga qadar 352 nafar talaba o‘qishini boshqa oliy ta’lim tashkilotida davom ettirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan.

«Vazirlik har bir talabaning ta’lim olish huquqi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda o‘qishini uzluksiz davom ettirishi uchun zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qiladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti «Sanoat energetika guruhi» MCHJ muassisligida 2022 yil 28-avgustdagi 036721-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritib kelgan.

Ayni paytda mazkur oliy ta’lim tashkilotida 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 451 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.

Teglar

Mavzuga oid