Logo

Amerika Markaziy Osiyo davlatlariga Eron masalasi bo‘yicha talab qo‘ydi

Bugun 13:551 daqiqa

«Axios» nashrining yozishicha, bu talab «Operation Economic Outcast» operatsiyasi doirasida berilgan.

Amerika Markaziy Osiyo davlatlariga Eron masalasi bo‘yicha talab qo‘ydi © Ijtimoiy tarmoqlar

Donald Tramp ma’muriyati butun dunyo bo‘ylab AQSH elchixonalariga o‘zlari joylashgan mamlakatlar hukumatlaridan Eron bilan savdo-sotiqni «zudlik bilan va tizimli ravishda» to‘xtatishni talab qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Operation Economic Outcast» operatsiyasi

«Axios» nashrining xabar berishicha, maxsus ko‘rsatma Markaziy Osiyoning ayrim poytaxtlaridagi diplomatik vakolatxonalarga ham yuborilgan.

AQSH davlat kotibi Marko Rubio elchixonalarga «Operation Economic Outcast» operatsiyasi doirasida yuqori darajada rasmiy diplomatik nota yuborishni buyurgan. Unda Eron bilan iqtisodiy aloqalarni cheklash va Eron biznesi bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatni aniqlash talab qilingan.

Eron bilan biznes qiluvchi davlatlar, kompaniyalar va jismoniy shaxslar AQSH sanksiyalariga duch kelishi hamda dollarga asoslangan moliyaviy tizimdan foydalanish imkoniyatini yo‘qotishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.

Ro‘yxatda Markaziy Osiyo ham bor

«Axios» ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHning Abu-Dabi, Maskat, Gonkong, Doha, London, Berlindagi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining bir nechta poytaxtidagi diplomatik vakolatxonalari maxsus ko‘rsatmalar olgan lekin ular aynan qaysi poytaxtlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Teglar

Mavzuga oid