Logo

JCH-2026. Kunyaning dubli Braziliyaga g‘alaba keltirdi, Marokash Shotlandiyani mag‘lub etdi

Bugun 09:301 daqiqa

S guruhida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, Vinisiusdan gol+assist.

JCH-2026. Kunyaning dubli Braziliyaga g‘alaba keltirdi, Marokash Shotlandiyani mag‘lub etdi

Jahon chempionatida S guruhida 2-tur o‘yinlari yakunlandi.

Braziliya (4) autsayder Haiti (0) darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. Kunya dublga erishgan bo‘lsa, Vinisius gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Marokash (4) esa tezkor gol evaziga Shotlandiya (3) ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi.

24-iyun kuni so‘nggi turda Braziliya Shotlandiya bilan, Marokash Haitiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. S guruhi. 2-tur. 19-iyun
Braziliya — Haiti 3:0

Gollar: Kunya (23, 36), Vinisius (45+3).
Braziliya — Alisson, Danilo, Markinos, Gabriel, Santos, Gimaraes (Ederson, 81), Kazemiro, Paketa (Martinelli, 64), Rafinya, Vinisius (Danilo, 81), Kunya (Endrik, 64).
Haiti — Plasid, Karlen (Simon, 46), Dyuveri, Ade, Delkrua, Eksperines, Kasimir (Didson, 62), Danli, Belgrad (Etiyen, 81), Providens (Jozef, 71), Perro (Izidor, 46).
Ogohlantirishlar: Karlen (4), Perro (45+4), Santos (65), Danli (72).

Shotlandiya — Marokash 0:1
Gol:
Saybari (2).
Shotlandiya — Gann, Patterson (Relston, 89), Henli, Hendri, Robertson, Makgin (Styuart, 89), Kristi (Maklin, 71), Fergyuson, Tirni (Doak, 60), Maktominey, Adams (Dayks, 71).
Marokash — Bunu, Hakimi, Diop, Riad, Mazraui, Buaddi, Al Aynaui, Dias (Amaimuni, 84), Unai (Al Murabet, 90), Al Hannus (Talbi, 84), Saybari (Rahimi, 84).
Ogohlantirishlar: Diop (23), Robertson (65).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid