Logo

Rasman: «Volkswagen» endi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi muzokaralar yakunida yirik investitsiya loyihalariga start berildi. Ular sanoat va ta’lim sohalarini qamrab oladi.

Rasman: «Volkswagen» endi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilib, ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya rahbarining O‘zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etgan.

Yirik loyihalarga start berildi

Muzokaralar doirasida ikki tomonlama hujjatlar almashilgan va moliyaviy hamkorlik sohasida kelishuvlar imzolangan. Ular O‘zbekiston shaharlarini barqaror rivojlantirish loyihalari uchun grant mablag‘lari va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, davlat rahbarlari ishtirokida qator qo‘shma investitsiya va ta’lim loyihalariga rasman start berilgan.

Jumladan, Toshkent shahrida «Volkswagen» avtomobillarini yirik uzelli yig‘ishni tashkil etish, Andijon viloyatida logistika markazini barpo etish, suyuq maishiy yuvish vositalari ishlab chiqarish hamda temir yo‘l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash loyihalari ishga tushirilgan.

Teglar

Mavzuga oid