Logo

BAA Ho‘rmuzga qaramlikdan chiqish rejasini boshladi

Bugun 20:402 daqiqa

Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar mintaqa davlatlarini energetika va logistika xavfsizligiga yangicha yondashishga undamoqda.

BAA Ho‘rmuzga qaramlikdan chiqish rejasini boshladi

Birlashgan Arab Amirliklari Ho‘rmuz bo‘g‘oziga qaramlikni kamaytirish bo‘yicha keng qamrovli infratuzilma dasturini ishlab chiqmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi savdo vaziri Tani al-Zeyudi ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, yangi strategiya Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochiq yoki yopiq bo‘lishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

«Biz Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochiq yoki yopiqligidan qat’i nazar, undan to‘liq mustaqil bo‘lish sari harakat qilyapmiz. U ochiladi va bu tez orada yuz beradi deb umid qilamiz, ammo biz yangi rejani amalga oshirishni to‘xtatmaymiz», — dedi vazir.

BAA yangi port quradi

Yangi rejaning asosiy qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan tashqarida joylashgan Dibba, Fujayra va Xor-Fakkan portlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Bu portlar Ummon ko‘rfazi sohilida joylashgan bo‘lib, neft va boshqa yuklarni eksport qilishda muqobil logistika markazlariga aylantiriladi.

Shuningdek, BAA mazkur sohilda kamida yana bitta yangi port qurishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, sharqiy portlar hamda mamlakatning neft qazib oluvchi va neftni qayta ishlovchi infratuzilmasi o‘rtasidagi aloqani yaxshilash maqsadida yangi quvurlar, shuningdek, temiryo‘l va avtomobil tarmoqlarini qurishga sarmoya kiritish ham ko‘zda tutilmoqda.

Energetika xavfsizligi

Tani al-Zeyudining ma’lum qilishicha, mamlakat neft-kimyo mahsulotlari, suyultirilgan tabiiy gaz va boshqa energetika mahsulotlari eksportini ta’minlashning qo‘shimcha variantlarini ham o‘rganmoqda.

Hozircha loyihalarning umumiy qiymati va amalga oshirish muddatlari ochiqlanmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tashabbus hozircha rejalashtirish bosqichida turibdi.

Teglar

Mavzuga oid