Logo

JCH-2026. Portugaliya Kongo DRni mag‘lub etolmadi

Bugun 00:001 daqiqa

O‘zbekiston joy olgan guruhda dastlabki o‘yinda kutilmagan natija qayd etildi.

JCH-2026. Portugaliya Kongo DRni mag‘lub etolmadi

JCH-2026. Portugaliya Kongo DRni mag‘lub etolmadi

Jahon chempionatida O‘zbekiston ishtirok etadigan guruhda 1-turning ilk o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Turnir favoritlaridan biri deb tilga olinayotgan Portugaliya 52 yildan so‘ng mundialga chiqqan Kongo DRni mag‘lub etolmadi. E’tiborlisi, Afrika vakili bilan deyarli tengma-teng kurash olib bordi, hatto zarbalar soni borasida ustunlik ham qildi.

Portugallar safida Ronaldu 6-mundialida maydonga tushdi. Kongoliklar hujumchisi Vissa o‘z jamoasining Jahon chempionatlaridagi ilk goliga mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi bahsi Toshkent vaqti bilan 18-iyun kuni soat 7:00da start oladi va unda debyutant O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. K guruhi. 1-tur
Portugaliya — Kongo DR 1:1

17-iyun. Hyuston
Gollar: Nevesh (6) — Vissa (45+5).
Portugaliya — Koshta, Kanselu, Araujo, Veyga, Mendesh (Semedu, 72), Nevesh, Vitinya (Ramush, 83), Silva (Konseysau, 46), Fernandesh, Netu (Leau, 71), Ronaldu.
Kongo DR — Mpasi, Van-Bissaka (Kalulu, 85), Mbemba, Tuanzebe, Kapuadi, Masuaku (Kayambe, 74), Mukau (Sadiki, 57), Mutussami, Kayembe (Pikel, 74), Vissa, Bakambu (Banza, 85).
Ogohlantirishlar: Silva (13), Mbemba (32), Semedu (82), Araujo (90+2).

Mavzuga oid