Logo

Bishkekda SHHT energetika vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun 19:171 daqiqa

Unda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va SHHT Energetika konsorsiumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bishkekda SHHT energetika vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

19-iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar energetika vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbirda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida SHHT mamlakatlari o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
 
O‘zbekiston energetika vaziri Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHT Davlat rahbarlari kengashi sammitida ilgari surilgan SHHT Energetika konsorsiumini tashkil etish tashabbusiga alohida e’tibor qaratdi.
 
Mazkur tashabbus doirasida SHHTga a’zo davlatlar Energetika konsorsiumini tashkil etish konsepsiyasi loyihasi taqdim etildi. Muhokamalar yakunida hujjatni birgalikda ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Bishkek shahrida SHHT mamlakatlari uchun energiya samaradorligi va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Mintaqaviy markaz tashkil etish taklifi ham ilgari surildi.

Teglar

Mavzuga oid