Logo

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun 3 karra yer solig‘i bekor qilindi

Bugun 16:441 daqiqa

Yer solig‘i bo‘yicha avval hisoblangan summalar qayta hisob-kitob qilinadi.

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun 3 karra yer solig‘i bekor qilindi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanganlik uchun hisoblanadigan uch karra yer solig‘i bekor qilindi. Mazkur o‘zgartirishlar “Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanadi.

Qonunga ko‘ra, 2020 yil 1-yanvardan 2024 yil 1-iyunga qadar davr uchun jismoniy shaxslarga nisbatan uch karra yer solig‘i hisoblash tartibi amal qilmaydi. Shu munosabat bilan soliq organlari tomonidan avval hisoblanadigan summalar qayta hisob-kitob qilinadi. 

Shuningdek, qonunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ulardagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini jadallashtirish, hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qator o‘zgartirishlar ham nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qonun o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini yanada soddalashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid