Logo

Ukraina dronlari Moskvadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi

Bugun 10:231 daqiqa

Hujum oqibatida neftni qayta ishlash zavodi, savdo markazlari va turar joy binolariga zarar yetdi.

Ukraina dronlari Moskvadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi © ijtimoiy tarmoqlar

18-iyun kuni Ukraina Moskvaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. Bu haqda Vedimosti nashri xabar berdi.

Moskva shahar hokimi Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, poytaxt tomon yo‘l olgan 137 ta uchuvchisiz apparat havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.

Shunga qaramay, ayrim dronlar Moskva neftni qayta ishlash zavodi hududiga yetib borgan va zavodda yong‘in sodir bo‘lgan. Shuningdek, Moskvadagi «Sadovod» savdo markazi binolaridan biriga ham dron parchalari tushib, kichik shikast yetgan.

Moskva viloyatida ham bir qator obektlarga zarar yetgan. Jukovskiy shahrida dron ko‘p qavatli uyga tegib, binoga shikast yetkazgan.

Hujum sabab Moskva aeroportlarida ham cheklovlar joriy etildi. Vnukovo, Sheremetevo va Jukovskiy aeroportlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Keyinchalik ayrim cheklovlar bekor qilindi, Domodedovo aeroporti esa reyslarni maxsus tartibda qabul qilish va jo‘natishda davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid