Kamala Xarris Eron bilan urushda kim g‘alaba qozonayotganini aytdi

Bugun 18:321 daqiqa

Geosiyosiy taranglik kuchayishi ortidan neft narxlari keskin oshdi va global bozorda yangi iqtisodiy muvozanat shakllanmoqda.

Kamala Xarris Eron bilan urushda kim g‘alaba qozonayotganini aytdi © AP Photo / Ty ONeil

Geosiyosiy taranglik kuchayishi ortidan neft narxlari keskin oshdi va global bozorda yangi iqtisodiy muvozanat shakllanmoqda.

AQSH sobiq vitse-prezidenti Kamala Xarris Demokratik partiya tarafdorlari bilan uchrashuvda AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlikdan eng katta foydani Rossiya ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Uning fikricha, Vashingtonning ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatishi Moskva uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar ochgan.

Xarris Rossiya neftiga oid cheklovlarning qisman yengillashtirilishi natijasida Moskva bozorda yuqori daromad olayotganini ta’kidladi.

«Ular odatda sota olmaydigan neftdan daromad olmoqda», — dedi Harris.

Sobiq vitse-prezident AQSHning harbiy resurslari ham endi boshqa yo‘nalishga burilganini aytdi. Xususan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va artilleriya vositalari Ukraina emas, balki Yaqin Sharqdagi operatsiyalarga jalb qilinmoqda.

Neft bozori ta’siri

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi taranglik xalqaro energetika bozoriga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Geosiyosiy xavflar ortidan neft narxlari bir barrel uchun 120 dollardan oshib ketdi.

Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning neft eksportidan olgan daromadlari mart oyida deyarli ikki barobar oshib, qariyb 19 milliard dollarni tashkil etgan.

Vashington ayrim tanker operatsiyalariga vaqtincha ruxsat bergani ham bozordagi vaziyatni o‘zgartirgan. Xabarlarga ko‘ra, Rossiya neftini tashish bilan bog‘liq ayrim cheklovlar qisman yengillashtirilgan va keyinchalik ma’lum muddatga uzaytirilgan.

Teglar

Mavzuga oid