
«Odamlar uchun o‘zimizning bank» — Asia Alliance Bank yangilandi
16 yil ichidagi ilk rebrending va Alliance ekotizimasining yaratilishi bankning zamonaviylik, texnologiyaviylik va mijozga yo‘naltirilgan yondashuv sari qadamini anglatadi.

Asia Alliance Bank yangi logotip va firma uslubini taqdim etdi. Bu yangi bosqich — bankning asosiy yo‘nalishlari va raqamli xizmatlarini birlashtiradigan Alliance ekotizimini yaratish bilan bog‘liq.
Yangi qiyofa
Bu — bank tarixidagi 16 yil ichidagi ilk rebrending bo‘lib, zamonaviylik, texnologiyaviylik va mijozlarga yaqinlik sari harakatni ifodasi.
Rebrending quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
Alliance ekotizimi tarkibi haqida
Asia Alliance Bank o‘zining ishonch qadriyatlariga sodiq qolgan holda, Alliance ekotizimini shakllantirmoqda. U quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- mijozlar bilan sifat va miqdoriy tadqiqotlar o‘tkazish;
- brend va kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish;
- vizual uslub va logotipni yangilash.
Alliance ekotizimi tarkibi haqida
Asia Alliance Bank o‘zining ishonch qadriyatlariga sodiq qolgan holda, Alliance ekotizimini shakllantirmoqda. U quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- Alliance Pay — jismoniy shaxslar uchun mobil bank ilovasi. Moliyani boshqarish, to‘lovlar, SWIFT va Visa Direct orqali xalqaro o‘tkazmalar, depozit ochish, keshbek yig‘ish, sug‘urta rasmiylashtirish va boshqa xizmatlar bir joyda.
- Alliance Business — yuridik shaxslar uchun internet-banking. Biznesni avtomatlashtirish, buxgalteriya va sotuv boshqaruvi uchun qulay instrumentlar.
- Alliance Leasing — kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash. Tezkor va shaffof kreditlar, to‘liq raqamli tasdiqlash jarayoni bilan.
- Alliance Academy — ta’lim platformasi. Biznes, moliya, IT va tadbirkorlik bo‘yicha kurslar, treninglar va sertifikatlar.
- Alliance E-Com — elektron tijorat platformasi. Hamkor savdo nuqtalarida onlayn to‘lovlarni qulay amalga oshirish imkoniyatini beradi.
- Visa Direct xizmati;
- Uzcard va HUMO kartalari orasida 10 mln so‘mgacha, HUMO kartalari orasida 100 mln so‘mgacha bepul P2P o‘tkazmalar;
- viza va elchixona uchun ma’lumotnoma olish;
- kommunal to‘lovlar, mobil aloqa va internet uchun keshbek; depozit-konstruktor — mijoz o‘zi uchun qulay shartlarni tanlay oladi;
- Junior kartalari — bepul yetkazib berish bilan.





