
O‘zbekiston eksportidagi asosiy 10 davlat e’lon qilindi
06.07.2025 | 11:3011542
2025 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston mahsulotlarini asosan qaysi davlatlarga eksport qilgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning besh oyi yakunigacha O‘zbekistonning eng yirik eksport bozori Rossiya bo‘lgan. Bu davlatga eksport hajmi 1,6 mlrd dollarga yetgan.
Rossiyadan keyingi o‘rinda Xitoy joy olgan bo‘lib, O‘zbekiston Xitoyga 755,7 mln dollarlik mahsulot eksport qilgan. Qozog‘iston esa 518,8 mln dollarlik savdo hajmi bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Afg‘oniston O‘zbekistonning muhim savdo hamkori sifatida to‘rtinchi o‘rinni egallab, unga 515,9 mln dollarlik mahsulot yuborilgan. Turkiyaga esa 429,4 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Fransiya 402,6 mln dollarlik ko‘rsatkich bilan ro‘yxatdagi oltinchi o‘rinda turibdi. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston ham O‘zbekistonning eksport bozorlarida muhim o‘rin egallagan.
Jumladan, BAAga 223,9 mln dollar, Qirg‘iz Respublikasiga 209,7 mln dollar, Tojikistonga 200,1 mln dollar va Pokistonga 158,8 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.





