add

Samarqandda noqonuniy qum qazib olganlar tabiatga 43 mlrd so‘m zarar yetkazdi

17.10.2025 | 17:0023792

Oqdaryo tumanidagi fermer xo‘jaligi Qoradaryo hududidan qum-shag‘al qazib olib, atrof-muhitga katta zarar yetkazgan. Hozirda texnika vositalari musodara qilinib, ish prokuraturaga topshirildi.

Samarqandda noqonuniy qum qazib olganlar tabiatga 43 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan «M.M.M.N» fermer xo‘jaligi Qoradaryo daryosi qirg‘og‘idan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olgani aniqlandi. Bu harakat natijasida tabiatga 43,12 mlrd so‘m miqdorida iqtisodiy zarar yetkazilgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, holat viloyat boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida fosh etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, qum va shag‘al fermer xo‘jaligiga tegishli ekskavator hamda yuk mashinasi orqali daryo hududidan noqonuniy olib chiqilgan. Tekshiruv natijasida ushbu texnika vositalari vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi. Hodisa yuzasidan tuzilgan hujjatlar huquqiy baholash va tegishli chora ko‘rish uchun Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborildi. Ekologlar bu kabi qonunbuzarliklar tabiiy muhitga katta zarar yetkazishini, daryo qatlamining buzilishi va suv oqimi izdan chiqishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid