
Isroil Nyu York meri musulmon bo‘lganidan tashvishda
AQSHning Nyu York shtatidagi yahudiy saylovchilarning uchdan bir qismi musulmon nomzodga ovoz berdi. Bunga javoban Isroil Mamdanini qo‘llab-quvvatlagan yahudiylarni «antisemitizm»da aybladi.

Isroil Falastindagi Isroil harbiy jinoyatlarini tanqid qilgan musulmon siyosatchisi Zohran Mamdani g‘alaba qozongan Nyu York meri saylovlari natijalaridan tashvish bildirdi. Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sharen Haskel uning saylanishini «jiddiy xavotir uyg‘otadigan» deb ta’rifladi.
Isroil merosi vaziri Amihay Eliyahu Mamdanini qo‘llab-quvvatlagan amerikalik yahudiylarning tanlovini qoralab, vatandoshlarini «antisemitizm»da aybladi va «yahudiylarni yomon ko‘radigan yahudiylar tariximiz boshidan beri mavjud bo‘lgan va biz ularni bugun ham ko‘ryapmiz» deb qo‘shimcha qildi.
CNN so‘rovnomasiga ko‘ra, Nyu York yahudiylarining taxminan 33 foizi Mamdaniga, 63 foizi mustaqil nomzod Endryu Kuomoga, 3 foizi respublikachi Kyortis Slivga ovoz bergan.
Bundan oldin AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Mamdani uchun ovoz bergan yahudiylarni «ahmoq odamlar» deb atab, agar musulmon nomzod g‘alaba qozonsa, Nyu Yorkni federal moliyalashtirishdan mahrum qilish bilan tahdid qilgan edi.
Mamdanining o‘zi bir necha bor ayblovlarni rad etib, uning tanqidi yahudiy xalqiga emas, balki Isroil hukumatining harbiy jinoyatlariga qarshi qaratilganini ta’kidlagan.
Shahar saylov komissiyasi barcha byulletenlarni sanab chiqqandan so‘ng saylov natijalarini tasdiqlashi lozim. Yangi mer 2026 yil 1 yanvardan o‘z lavozimiga kirishadi. Kvins assambleyasining 34 yoshli a’zosi Nyu-Yorkning 111-meri, birinchi musulmon mer, shuningdek, shahar tarixidagi eng yosh merlardan biri bo‘ladi.





