add

Tojikiston muftiysi «botoks» va «tatuirovka»larni «harom» deb atadi

21.10.2025 | 21:003141

U yoshlarni diniy me’yorlarga zid bo‘lgan zamonaviy tendensiyalar ta’siriga berilmaslikka chaqirdi.

Tojikiston muftiysi «botoks» va «tatuirovka»larni «harom» deb atadi

Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abdulqodirzoda o‘z nutqida «botoks» yordamida lab va yuzni kattalashtirishni hamda tanaga rasm solish — «tatuirovka»larni qoralab, bu amallarni harom deb e’lon qildi.

Muftiyning ta’kidlashicha, boshqalarning ta’sirida ko‘plab qizlar lablariga ukol qildirmoqda va yuz shaklini o‘zgartirmoqda, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi hamda gunoh hisoblanadi.

Muftiy so‘nggi yillarda burun, quloq yoki yuzning boshqa qismlarini to‘g‘rilash kabi tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish tobora ommalashib borayotganini, biroq islom dini bunday amallarni taqiqlashini.

«Tana omonatdir — muqaddas ne’mat, bu har bir inson u bilan xohlaganini qilishi mumkin degani emas. Tibbiy zarurat bo‘lmasa, quloq yoki burun shaklini o‘zgartirish mumkin emas», - dedi muftiy.

U yana insonlar o‘z tanasining tabiiy ko‘rinishidan mamnun bo‘lishlari va uni jiddiy asoslarsiz o‘zgartirmasliklarini uqtirdi.

Saidmukarram Abdulqodirzodaning fikricha, tabiiy ko‘rinishni saqlash ruhiy va jismoniy sog‘liqqa yordam beradi, kosmetik muolajalarga haddan ortiq berilish esa ham axloqiy, ham jismoniy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Muftiy aholini, ayniqsa yoshlarni an’anaviy va diniy qadriyatlarga amal qilishga, o‘z tanasini hurmat qilishga va diniy me’yorlarga zid bo‘lgan zamonaviy tendensiyalar ta’siriga berilmaslikka chaqirdi.

Mavzuga oid