2025-yil oxiridan beri Qirg‘izistonning oltin-valuta zaxiralari 1 mlrd dollarga kamaydi

Kecha 16:352 daqiqa

Qirg‘iziston zaxiralari yanvarda rekord darajaga chiqqan bo‘lsa-da, keyingi oylarda valuta intervensiyalari va oltin narxi ta’sirida qisqargan.

2025-yil oxiridan beri Qirg‘izistonning oltin-valuta zaxiralari 1 mlrd dollarga kamaydi © Bloomberg

Qirg‘izistonning yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil 15-may holatiga ko‘ra, 9 milliard 82 million dollarni tashkil qildi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Milliy banki matbuot xizmati xabar berdi

Uning ma’lum qilishicha, 2026-yil boshidan buyon zaxiralar 478,9 million dollarga yoki 5,6 foizga oshgan.
Qizig‘i shundaki, Milliy bank 2026-yil yanvar oyi boshida oltin-valuta zaxiralari rekord daraja – 10 milliard 177,18 million dollarga yetganini ma’lum qilgan edi. 2026-yil 29-yanvar holatiga ko‘ra esa ular 10 milliard 39,5 million dollarni tashkil etgan. 2025-yil yanvar oyidagi 5 milliard 190,86 million dollarlik ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, zaxiralar deyarli ikki barobarga oshgan. Biroq taqdim etilgan infografikada bu rekord qandaydir sababga ko‘ra aks ettirilmagan.

Gemini_Generated_Image_o3hn8ro3hn8ro3hn

Aprel oyi oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning yalpi xalqaro zaxiralari atigi 8 milliard 637,7 million dollarni tashkil etgan. Uch oy ichida ular 1,54 milliard dollarga qisqargan. Bu ichki bozorda 893,45 million dollar hajmida valuta sotilgani hamda zaxiralar tarkibiga kiruvchi oltinning jahon bozoridagi narxi bilan bog‘liq.

Ta’kidlash joizki, 2025-yilda oltin narxi rekord ko‘rsatkichlarni yangilab, yil oxiriga kelib bir unsiya uchun 4 ming 530,6 dollarga yetgan. Yanvar oyida esa uning qiymati bir unsiya uchun 5,3 ming dollargacha ko‘tarilgan. Shu bilan birga, sezilarli pasayishlar ham kuzatilgan. Hozirda oltin narxi bir unsiya uchun 4 ming 680 dollardan 4 ming 705 dollargacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib turibdi.
 
Zaxiralarning tuzilishi va vazifalari

Oltin-valuta zaxiralari ikki asosiy qismdan iborat: quyma shaklidagi oltin va yuqori likvidli xorijiy valuta (AQSH dollari, yevro). Ularning uchta asosiy vazifasi mavjud.

Som kursini barqarorlashtirish – Milliy bank valuta intervensiyalarini amalga oshirib, kurs keskin o‘zgarganda zaxiralardan valuta sotadi.

Tashqi majburiyatlarni to‘lash – zaxiralar xorijdan muhim tovarlarni (gaz, benzin, dori-darmonlar) sotib olish va tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Moliyaviy qalqon – jahon iqtisodiy inqirozlari yuz bergan holatlarda, zaxiralar ma’lum muddat davomida iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
 
O‘zbekiston
 
2026-yilning 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valuta zaxiralari hajmi bir oy ichida 69 mlrd dollardan 70,9 mlrd dollargacha oshdi. Zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati 743,6 mln dollarga oshib, umumiy hisobda 61,6 mlrd dollarni tashkil qildi

Biroq ushbu davrda oltinning jismoniy hajmi qisqargan. Xususan, mart oyida 13,4 mln troy unsiyani tashkil etgan ko‘rsatkich aprel yakunlariga kelib 13,3 mln troy unsiyagacha pasaygan. Bu esa Markaziy bank aprel oyida taxminan 3 tonna atrofida oltin sotgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Aprel oyida oltinning bir troy unsiyasi narxi 1,6 foizga oshib, $4 625,8 darajasiga yetgan. Natijada hatto jismoniy hajm kamaygan sharoitda ham oltin aktivlarining umumiy qiymati yuqori bo‘lib qolgan.

Teglar

Mavzuga oid