O‘zbekistonda yangi «inomarka»lar savdosi uchdan birga qisqardi

Kecha 13:552 daqiqa

Aprel oyida O‘zbekistonda yangi xorijiy avtomobillar savdosi keskin pasaydi. Bir oy davomida 3,6 mingtaga yaqin import avtomobil sotilib, bozor hajmi o‘tgan yilga nisbatan 32 foizdan ortiqqa qisqardi.

O‘zbekistonda yangi «inomarka»lar savdosi uchdan birga qisqardi © mercedes benz

Aprel oyida O‘zbekistonda yangi xorijiy avtomobillar savdosi keskin pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir oy davomida taxminan taxminan 3,6 ming dona avtomotil oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizdan ortiqqa kam.

Biroq 2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga import qilingan transport vositalari soni keskin oshgan.

Qayd etilishicha, jami transport vositalari importi 221,2 mln dollardan 519,1 mln dollarga chiqib, 297,8 mln dollarga (+134,6 foiz) oshgan. Importning asosiy qismi yengil «inomarka» avtomobillar (508,3 mln dollar) hisobiga shakllandi.

Bunda elektromobillar importi 2025 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 4 barobar oshdi — 5 863 donadan 23 079 donaga. Natijada, O‘zbekistonga kirib kelayotgan elektromobillar soni benzinli avtomobillarni ortda qoldirdi.

Xorijdan olib kelingan elektromobillar qiymati ham 220,8 mln dollarga ko‘payib, 309,3 mln dollarga yetdi. 2025 yilning 4 oyida 88,5 mln dollarlik elektromobil olib kelingandi.

Benzinli avtomobillar importi esa 3,9 foizga kamayib, 5 793 donadan 5 568 donaga tushgan. Ularning qiymati ham 117,5 mln dollardan 115,8 mln dollarga kamaygan.

Shuningdek, yil boshidan beri gibrid avtomobillar importida keskin o‘sish kuzatildi. Ularning importi o‘tgan yili 329 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda 8,6 barobar oshib 2 829 taga yetdi.

Savdoning kamayish sabablari

Apreloyida xorijiy avtomobillar savdosining keskin qisqarishi birlamchi avtomobil bozoridagi umumiy faollik pasayishining asosiy omillaridan biri bo‘ldi.

Savdoning keskin qisqartishi esa 1-apreldan joriy etilgan eskrou tizimi bilan bog‘liq. Yangi tartibga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtomobillar oldi-sotdi bitimlari bank orqali eskrou hisobvaraqdan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat bo‘yicha barcha turdagi avtomobillar savdosi o‘tgan yilga nisbatan 1,9 foizga kamayganligi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid