add

AQSH dollari 40 yildan so‘ng hukmronlikni yo‘qotishi mumkin — JP Morgan

16.06.2025 | 21:3037493

Dunyo moliyaviy tartibi o‘zgarish arafasida. BRICS mamlakatlari AQSH dollariga qarshi kurashni kuchaytirayotgan bir paytda, JP Morgan rahbari Jeymi Daymon ushbu valyutaning global mavqei xavf ostida qolishi mumkinligini bashorat qildi.

AQSH dollari 40 yildan so‘ng hukmronlikni yo‘qotishi mumkin — JP Morgan
AQSH dollarining zaxira valyuta sifatidagi mavqei tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, BRICS davlatlarining so‘nggi yillardagi faolligi bu boradagi savollarni ko‘paytirdi. Xususan, savdoni mahalliy valyutalarda yuritish, oltin zaxiralarini oshirish, siyosiy mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan choralar dollar ustunligiga bevosita tahdid solmoqda. JP Morgan bankining bosh direktori Jeymi Daymonning ta’kidlashicha, AQSH dollari hozircha o‘z mavqeini saqlab turibdi, ammo bu cheksiz davom etmaydi. Unga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar o‘zining harbiy va iqtisodiy ustunligini yo‘qotsa, dollar 40 yil ichida global hukmronlik maqomini boy berishi mumkin. «Doim mendan bir savol so‘rashadi: Biz zaxira valyutasi bo‘lib qolamizmi? Javob — yo‘q, agar biz dunyodagi eng kuchli armiya va eng yetakchi iqtisod bo‘lmasak, — dedi JPMorgan bosh direktori. — 40 yildan keyin AQSH dollari zaxira valyutasi bo‘lmaydi. Bu — haqiqat. Tarixni o‘qisangiz, ko‘rasiz». Bu fikrlar BRICS davlatlari AQSH dollarini chetlab o‘tish va yangi tizim yaratishga harakat qilayotgan bir paytda aytildi. Daymonning qo‘shimcha qilishicha, agar Oq uy vaziyatni nazoratda saqlab qolishga va barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rishga erishsa, dollar o‘z mavqeini saqlab qoladi. Oq uy uchun asosiy sinov — AQSH dollarini BRICS davlatlarining hujumidan himoya qilishdir.

Teglar

Mavzuga oid