JCH-2026. Germaniya Kot-d'Ivuar ustidan irodali g‘alabaga erishib, pley-off masalasini hal qildi
Zaxiradan tushgan Undavning dubli nemislarni guruhdan olib chiqdi.

Jahon chempionatida Ye guruhida ham 2-tur bahslari boshlandi.
Birinchi o‘yinda g‘alaba qozongan jamoalar — Germaniya va Kot-d'Ivuar o‘rtasidagi to‘qnashuvda nemislar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi va pley-off masalasini hal qildi. Kessiening goliga zaxiradan tushgan Undav dubli bilan javob berdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Ekvador (0) Kyurasao (0) bilan ro‘baro‘ keladi.
JCH-2026. Ye guruhi. 2-tur
Germaniya — Kot-d'Ivuar 2:1
20-iyun. Toronto
Gollar: Undav (68, 90+4) — Kessie (30).
Germaniya — Noyer, Kimmix, Ta, Shlotterbek (Ryudiger, 46), Braun, Pavlovich (Amiri, 60), Nmecha, Musiala (Undav, 60), Sane (Leveling, 60), Virts, Haverts (Goretska, 85).
Kot-d'Ivuar — Ya.Fofana, Singo (Due, 82), Kossunu, Agbadu, Konan, Sangare (S.Fofana, 75), Diallo (Adingra, 75), Kessie, Oulai, Diomande (Pepe, 85), Bonni (Gessand, 75).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





