
Dunyo mamlakatlarining ko‘mir qazib olish reytingi e’lon qilindi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda butun dunyoda ishlab chiqarilgan ko‘mir hajmining 64,1 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2025 yilda dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ko‘mirning asosiy qismi, ya’ni 64,1 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 13,1 foizi Hindistonga, 8,8 foizi Indoneziyaga hamda qolgan yuqori ulushlar esa AQSH va Rossiyaga to‘g‘ri keldi.
Jumladan, 2025 yil mobaynida Xitoyda 4,8 mlrd metr kub, Hindistonda 685,6 mln metr kub, Indoneziyada 659,3 mln metr kub, AQSHda 548,8 mln metr kub va Rossiyada esa 508,1 mln metr kub ko‘mir qazib olingan.
Ushbu reytingning keyingi o‘rinlaridan Avstraliya, Janubiy Afrika, Germaniya, Qozog‘iston va Polsha davlatlari joy egallagan.
Reytingda O‘zbekiston 35-o‘rinni egalladi. Unda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatda ko‘mir qazib olish hajmi 5,3 mln metr kubni tashkil etgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida ko‘mir qazib olish bo‘yicha Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda o‘tgan yili 118,1 mln metr kub ko‘mir qazib olingan. Shuningdek, mazkur reytingda Qirg‘iziston 41-o‘rinni va Tojikiston esa 50-o‘rinni qayd etgan.
Reytingda ko‘mir qazib olish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Armanistonda qayd etilgan. Ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda ko‘mir qazib olish hajmi 60 metr kubni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, 2025 yilda O‘zbekistonda ko‘mir ishlab chiqarish hajmining yil sayin yuqori sur’atlarda o‘sishi qayd etilgandi. Jumladan, ikki yil oldingi davrda 5,7 million tonna, o‘tgan yilgi hisobot davrida esa 7,3 million tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 7,5 million tonnaga yetkazilgan.





