Logo

«Kollej degan balo»: Eski tizimning o‘zi xatomidi yoki ijro barbod bo‘ldimi?

«Fikr vaqti»ning yangi sonida ta’lim ekspertlari Umid Eshmuhammedov va Xurshid To‘xtanazarov bilan birgalikda kollejlarning tugatilish sabablari hamda ularning o‘rnini egallagan texnikumlar samarasi tahlil qilinadi.

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yillik tantanalari arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlarining bir guruhini mukofotladi va ular bilan masofadan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham so‘z oldi va oxirgi o‘n yillikda mamlakatda qilingan turli islohotlar, jumladan, konvertatsiya, kasb-hunar kollejlari tugatilib, uning o‘rnida texnikumlar ochilishi, O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan aloqalari yaxshilangani kabi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Turdimovning islohotlarni sana asnosida kasb-hunar kollejlariga nisbatan «Avval kollej degan balo bo‘lardi — hammani ko‘chada qoldirgan» mazmunida aytgan fikrlari video tarqalishi bilan bu tizim haqida shundoq ham mavjud bo‘lgan bahslarni yana bir bor jonlantirdi. Jumladan, tarmoq foydalanuvchilari, ta’lim tahlilchilari orasida uning bu fikrini ma’qullaganlar ham, aksincha, eski tizim afzalliklarini sanaganlar ham ko‘p bo‘ldi.

Fikr vaqti’ning navbatdagi soni shunday bahslardan kelib chiqqan holda, o‘z vaqtida 15–16 yoshli o‘smirlarni barvaqt ijtimoiy va kasbiy muhitga olib kirishi bilan e’tirof etilgan 3 yillik kollejlar, ta’limdagi 9+3 tizimi va bu tizimning tugatilish sabablari, uning muqobilida paydo bo‘lgan to‘liq 11 yillik maktab ta’limi va texnikumlar tizimi mavzulariga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari ta’lim ekspertlari — Umid Eshmuhammedov va Xurshid To‘xtanazarov bo‘ldi.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 142

Barchasi

Mavzuga oid

«Kollej degan balo»: Eski tizimning o‘zi xatomidi yoki ijro barbod bo‘ldimi? | Vaqt.uz