Logo

Oltin narxi pasayishi O‘zbekiston zaxiralariga qanday ta’sir qildi?

Kecha 15:211 daqiqa

Mamlakatning umumiy zaxira aktivlari bir oyda 72,1 mlrd dollardan 66,6 mlrd dollarga tushgan. Bunga oltin narxining pasayishi sabab bo‘ldi.

Oltin narxi pasayishi O‘zbekiston zaxiralariga qanday ta’sir qildi? © bloomberg.com

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2026-yil sentabr oyida 5,5 mlrd dollarga kamaydi. 1-oktabr holatiga ko‘ra mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 66,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bir oyda zaxiralar qanchaga kamaydi?

1-sentabrda O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 72 mlrd 135 mln dollar bo‘lgan. Bir oy davomida bu ko‘rsatkich 5,5 mlrd dollarga yoki 7,7 foizga qisqargan.

Pasayishga oltin narxining o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Sentyabr oyida oltinning narxi 1 unsiya uchun 4 602 dollardan 4 188,75 dollargacha tushgan. Bu zaxiralar qiymatiga 5,9 mlrd dollarlik salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Natijada oltin zaxiralarining dollardagi qiymati 64 mlrd 929 mln dollardan 60 mlrd 85 mln dollargacha kamaygan. Oltinning hajmi esa aksincha, oshgan. 1-sentabrda 14,1 mln unsiyadan 1-oktabrda 14,3 mln unsiyaga yetgan.

Valuta zaxiralari ham qisqargan

Xorijiy valutadagi zaxira aktivlari sentabr boshidagi 6 mlrd 635 mln dollardan oktabr boshida 5 mlrd 933 mln dollargacha tushgan.

2026-yilning boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 66 mlrd 312 mln dollar bo‘lgan. Yil davomida zaxiralar o‘zgarish kuzatildi. 1-sentabrda 72 mlrd 135 mln dollarga yetgan bo‘lsa, 1-oktabr holatiga ko‘ra, 66 mlrd 589 mln dollarga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, TD Securities oltin narxi 2027-yilda 5000 dollardan oshishi mumkinligini prognoz qilmoqda.

Kamron Hasanov

Teglar

Mavzuga oid