O‘zbekistonda korxonalar soni 576,8 mingtaga yetdi: hududlar va sohalar kesimida tahlil

Bugun 13:252 daqiqa

O‘zbekistonda 2026 yil 1-mart holatiga ko‘ra korxonalar soni 576,8 mingtani tashkil etdi. Mamlkatdagi har to‘rtinchi korxona savdo bilan shug‘ullanyapti

O‘zbekistonda korxonalar soni 576,8 mingtaga yetdi: hududlar va sohalar kesimida tahlil

2026-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda 576,8 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,2 mingtaga yoki 8,3 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi

Mamlakatdagi korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

Savdo sohasi – 156 796 ta;

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 127 071 ta;

Sanoat – 61 062 ta;

Qurilish – 31 372 ta;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 31 350 ta;

Tashish va saqlash – 17 737 ta;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 14 538 ta;

Axborot va aloqa – 12 391 ta;

Boshqa sohalar – 124 477 ta.

Xorijiy korxonalar qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda?

2026-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 770 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 4 365 tasi qo‘shma va 14 405 tasi xorijiy korxonalardir. Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5 yilda 1,4 barobarga, shu bilan birga xorijiy korxonalarning ulushi 55,2 foizdan 76,7 foizgacha oshgan.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni (1-fevral holati bo‘yicha) quyidagicha:

Savdo sohasida – 6 623 ta;

Sanoat sohasida – 3 817 ta;

Qurilish sohasida – 1 444 ta;

Axborot va aloqa sohasida – 1 414 ta;

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 774 ta;

Tashish va saqlash sohasida – 593 ta;

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 478 ta;

Boshqa sohalarda – 3 153 ta.

2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 140 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 27 tasi Turkiya, 21 tasi Xitoy, 18 tasi Rossiya, 17 tasi Hindiston korxonalari. Shuningdek, Qozog‘iston (11 ta), Ozarbayjon (10 ta), Janubiy Koreya, (10 ta), Qirg‘iziston (6 ta), BAA (4 ta), Yaponiya (4 ta) va boshqa davlatlarning (12 ta) korxonalari ham bor.

Eng ko‘p korxonalar qayerda?

2026-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda 576,8 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, hududlar kesimida ularning eng ko‘pi Toshkent shahrida joylashgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:

Toshkent shahri – 111 137 ta

Toshkent viloyati – 54 273 ta

Samarqand viloyati – 53 475 ta

Farg‘ona viloyati – 49 278 ta

Qashqadaryo viloyati – 44 055 ta

Andijon viloyati – 35 500 ta

Buxoro viloyati – 34 902 ta

Namangan viloyati – 33 776 ta

Xorazm viloyati – 32 069 ta

Surxondaryo viloyati – 32 023 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 29 220 ta

Jizzax viloyati – 26 468 ta

Navoiy viloyati – 24 061 ta

Sirdaryo viloyati – 16 557 ta

Teglar