Sergeli avtomobil bozorida raqamli nazorat joriy etiladi

Kecha 15:151 daqiqa

Sergeli avtomobil bozorida bojxona, soliq va ichki ishlar idoralari ishtirokida «Situatsion markaz» ochilishi rejalashtirilmoqda.

Sergeli avtomobil bozorida raqamli nazorat joriy etiladi

Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan avtomobil bozorida raqamli nazorat tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Bojxona qo‘mitasi» ma’lum qildi.

Loyiha doirasida bozor faoliyatini to‘liq raqamlashtirish va barcha operatsiyalarni yagona tizim orqali kuzatish ko‘zda tutilgan. Bu esa savdo jarayonlarini shaffoflashtirish va noqonuniy faoliyatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

Qo‘mita Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlik boshqarmasi rahbari Alisher Do‘stmuxammedov hamda audit boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Isamurodov bozorga tashrif buyurib, rahbariyat bilan raqamlashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Raqamli tizim

Ma’lum qilinishicha, «Raqamli avtomobil bozori» tizimini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki texnik topshiriqlar tayyorlanmoqda.

Ushbu platforma orqali bozor ishtirokchilari, bitimlar va moliyaviy operatsiyalar yagona bazaga jamlanadi. Bu esa ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish va nazoratni kuchaytirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, davlat idoralari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi avtomatlashtirilib, tekshiruv jarayonlari samaradorligi oshiriladi.

Nazorat markazi

Loyiha doirasida bozor hududida «Situatsion markaz» tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Unda bojxona, soliq organlari, ichki ishlar idoralari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etadi. Markaz orqali bozordagi holat real vaqtda kuzatib boriladi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu tashabbus xavfsizlikni ta’minlash bilan birga tadbirkorlar uchun teng va shaffof muhit yaratishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid