Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi?

Kecha 10:251 daqiqa

O‘zgidromet 28-29-mart kunlari mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi? © Javhar Chorshanbiyeva

27–29-mart kunlari O‘zbekistonda dastlab quruq va iliq ob-havo saqlanadi, dam olish kunlariga kelib esa yomg‘ir, shamol kuchayishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +25...+30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat foni biroz pasayadi. Shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda va cho‘l zonasida, yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari bo‘yicha kunduzgi havo harorati +20...+25 daraja iliqni tashkil etadi. Harorat kechalari +12...+17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +27...+29 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shamol sekundiga 10-12 metr tezlikda kuchayishida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi +21...+23 daraja iliq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +13...15 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid