Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh qilindi

Kecha 10:391 daqiqa

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan shaxs Sergeli tumanidagi ijara uylardan birida xonadonni ijaraga olib, narkolaboratoriya tashkil etgan.

Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh qilindi

Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh etildi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2003 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi shaxs Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida xonadonni ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullangan. Ushbu manzilda maxsus jihozlangan laboratoriya tashkil etilgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida xonadondan umumiy qiymati 4,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 3,5 kilogramm «Pregabalin» moddasi, shuningdek, 20 litr suyuq va 25 kilogramm kukun ko‘rinishidagi prekursorlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Shu bilan birga, moddalarni tayyorlash va qadoqlash uchun ishlatilgan anjomlar ham musodara qilingan.

image_2026-03-27_10-41-10

Tergov jarayonida mazkur laboratoriyada kimyogar sifatida faoliyat yuritgan yana bir chinozlik shaxs ham qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, gumonlanuvchilar avval Telegram orqali ishlovchi narkodo‘konlarda «kladmen» sifatida faoliyat yuritgan.

Keyinchalik ular jinoiy guruh rahbarlarining ishonchiga kirib, bevosita kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlash jarayoniga jalb etilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid