
2025-yilda 24 mingga yaqin yoshlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlangan
O‘tgan yilda O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 79 554 nafar shaxsga nisbatan 63 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

2025 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 63 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ular doirasida 79 554 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlarining katta qismi Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Sudlangan shaxslar soni 63 340 nafarni tashkil etgan Ularning 18 816 nafari ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, 43 531 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. Shuningdek, 993 nafar shaxs shartli hukm qilingan. 422 nafar shaxs esa oqlanib, reabilitatsiya qilingan.
Sudlangan shaxslarning 55 829 nafari erkak, 7 511 nafari ayollarni tashkil etgan. Yoshlar orasida sudlanganlar 23 973 nafarga yetgan, ularning 2 431 nafari voyaga yetmaganlar hisoblanadi. 60 yoshdan oshgan sudlanganlar soni esa 2 830 nafar bo‘ldi. 7 511 nafari ayol, 23 973 nafari yoshlar (shu jumladan 2 431 nafari voyaga yetmagan) va 2 830 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
Shu bilan birga, 8 085 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan va 15 992 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan.
86 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
35 572 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, 11 421 nafar shaxsning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan.
Ko‘rilgan jinoyat ishlarning aksariyatini:
▪️firibgarlik;
▪️transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish;
▪️o‘g‘rilik;
▪️giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar;
▪️o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
▪️hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish,
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish;
▪️qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash;
▪️taqiqlangan ekinlarni yetishtirish;
▪️qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etgan.
Jinoyatlar sabablarini va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida 45 323 ta xususiy ajrim chiqarilib, tegishliligi bo‘yicha yuborilgan. Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 13 224 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
Apellyatsiya tartibida 10 423 nafar shaxsga nisbatan 7 723 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 340 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 2 375 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.
Kassatsiya tartibida 6 197 nafar shaxsga nisbatan 5 505 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 379 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 1 383 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.
Taftish tartibida 6 587 nafar shaxsga nisbatan 5 573 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 173 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 813 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 1 072 nafar shaxsga nisbatan 915 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 213 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 325 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.





