«Tenge bank»da ham yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Bugun 12:061 daqiqa

Doniyor Abdurahmonov 8-maydan «Tenge Bank» boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

«Tenge bank»da ham yangi boshqaruv raisi tayinlandi © Foto: yandexmaps

«Tenge Bank» rahbariyatida ham yangi tayinlov amalga oshirildi. Doniyor Abdurahmonov boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bank rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, u yangi vazifasini 8-maydan boshlab bajarishni boshlagan. Abdurahmonov mazkur tayinlovgacha bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot uchun, Doniyor Marselevich Abdurahmonov 1982 yilda tug‘ilgan. U 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2008 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Shuningdek, 2013 yilda Bank moliya akademiyasida investitsiyalarni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tugatgan.

U mehnat faoliyatini 2003 yilda O‘zbekiston Milliy bankida huquqiy maslahatchi sifatida boshlagan. Keyinchalik Markaziy bank tizimida, jumladan valuta operatsiyalari va tahlil yo‘nalishlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2014–2017 yillarda xususiy banklar va korxonalarda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, «Ravnaqbank» va «Davrbank»da valuta operatsiyalari yo‘nalishida rahbarlik qilgan.

2017–2020 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Valutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori sifatida ishlagan. 2020 yildan buyon esa «Tenge Bank» kuzatuv kengashida mustaqil a’zo edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Azizbek Ashurov «TBC Bank» boshqaruv raisi o‘rinbosari va bosh moliyaviy direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid