«Real Sanjik» 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bugun 18:051 daqiqa

Sudlanuvchi so‘nggi so‘zida o‘zini «chiroyli qilib podstava qilishgani»ni aytdi.

«Real Sanjik» 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi © Фото: Kun.uz

8-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek sudida «Real Sanjik» taxallusi bilan tanilgan bloger va tadbirkor Sanjar Karimov ishi yuzasidan so‘nggi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda sud majlisida bevosita qatnashgan VAQT.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Bugun Sanjar Karimovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Ushbu jinoyat ishi JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi Bahrom Berdiyev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi so‘nggi so‘zida o‘zini chiroyli qilib «podstava» qilishganini aytdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Sanjar Karimov 5 yil ozodlikdan mahrum etilib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 410 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Teglar

Mavzuga oid

«Real Sanjik» 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi | Vaqt.uz