Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin
9-10-may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab avval issiq va quruq, keyin esa keskin salqin va yomg‘irli ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda kuchli shamol va sel xavfi ham bor.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘irli ob-havo kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati +34...+37 daraja atrofida, janubda +39 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida biroz havo biroz salqinroq bo‘lib, harorat +28...+33 daraja atrofida bo‘ladi.
Shanba, 9-may kuni hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat barcha joylarda +28...+33 darajagacha pasayadi.
10-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +20...+25 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
11-mayda Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechasi va ertalab Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +2...+3 darajaga ko‘tariladi.
9-mayda shamolda va cho‘l hududlarda, 10-11-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, 9-10-mayda ayrim joylarda ba’zida sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10-11-mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida 8-9-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8-mayda +34...+36 daraja, 9-mayda +30...+32 daraja bo‘ladi. 10-mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +20...+22 daraja bo‘ladi.
11-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +23...+25 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 10-12 metrgacha kuchayishi, 9-mayda shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.





