Yomg‘ir solig‘i: Yevropa aholisi nega uni to‘laydi?

Bugun 22:102 daqiqa

Germaniya va boshqa qator Yevropa davlatlarida aholi yomg‘ir suvini shahar kanalizatsiya tizimiga chiqarish uchun maxsus yig‘im to‘laydi.

Yomg‘ir solig‘i: Yevropa aholisi nega uni to‘laydi?

So‘nggi yillarda «yomg‘ir solig‘i» degan atama tobora ko‘proq quloqqa chalinib qolmoqda. Ko‘pchilik uchun bu g‘alati eshitilishi mumkin, ammo bunday yig‘im haqiqatdan ham ayrim davlatlarda amal qiladi. Bu haqda «Zielony ogrodek» xabar berdi.

Yomg‘ir solig‘i nima degani?

Aslida gap yomg‘irning o‘zi uchun to‘lov haqida emas.

Bu — yomg‘ir suvini shahar kanalizatsiya tizimiga chiqarish uchun joriy etilgan maxsus yig‘im. Yog‘ingarchilik suvi asfalt, tom va boshqa qattiq yuzalarga tushganda yerga singmaydi, balki yomg‘ir suvi kanalizatsiyasiga oqib tushadi. Bu tizimni saqlash va xizmat ko‘rsatish katta xarajat talab qilgani uchun ayrim davlatlar alohida to‘lov joriy qilgan.

Ko‘pincha bunday soliq miqdori quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

tom maydoni;
hovlidagi beton yoki asfalt hajmi;
yomg‘ir suvi oqimining miqdori.

Qaysi davlatlarda to‘lanadi?

Bunday yig‘im allaqachon qator Yevropa davlatlari va AQSHda amal qiladi.

Eng mashhur misol — Germaniya. U yerda ko‘chmas mulk egalari yomg‘ir suvini chiqarish xizmati uchun haq to‘laydi. To‘lov miqdori suvni o‘tkazmaydigan yuzalar maydoniga qarab hisoblanadi.

To‘lov miqdori qancha?

To‘lov har kvadrat metr uchun 69 yevrotsentdan 1,89 yevrogacha bo‘lishi mumkin. Yiliga nemislar o‘rtacha 149–199 yevro to‘lashadi.

Shunga o‘xshash tizimlar Niderlandiya, Daniya, AQSH hamda Fransiyaa va Belgiyaning ayrim shaharlarida ham mavjud.

Ko‘plab mamlakatlarda ushbu mablag‘lar yomg‘ir suvi kanalizatsiyasini saqlash, shaharlarni suv bosishidan himoya qilish yoki suv chiqarish tizimini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

Nega bunday soliq joriy qilinmoqda?

Asosiy sabab — iqlim o‘zgarishi va shahar infratuzilmasiga tushayotgan yuklamalarning ortishi.

Kuchli yomg‘irlar vaqtida kanalizatsiya tizimi ko‘pincha suv oqimini qabul qila olmaydi. Bu esa ko‘chalarni suv bosishi va yo‘llarga zarar yetkazishiga olib keladi.

Bundan tashqari, bunday soliq uy egalarini:

drenaj tizimlari o‘rnatishga;
yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlaridan foydalanishga;
beton va asfalt o‘rniga ko‘proq yashil hududlar yaratishga rag‘batlantiradi.

Teglar

Mavzuga oid