O‘zbekistonda 3 oyda sog‘liq uchun 5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflashdi

Bugun 10:521 daqiqa

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 17,5 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiyaga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda 3 oyda sog‘liq uchun 5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflashdi © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 5,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

1

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 17,5 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 29,9 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 52,6 foizi boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mamlakatda 719,4 ming kishi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Davolanish uchun kelgan chet elliklar

2026-yilning yanvar-fevral oylarida jami 11 876 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

photo_2026-05-10_10-54-49


Tibbiyot sohasida korxona ochgan chet elliklar?

2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 140 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.

Mamlakatlar kesimida korxonalar soni quyidagicha:
Turkiya — 27 ta;
Xitoy — 21 ta;
Rossiya — 18 ta;
Hindiston — 17 ta;
Qozog‘iston — 11 ta;
Ozarbayjon — 10 ta;
Janubiy Koreya — 10 ta;
Qirg‘iziston — 6 ta;
BAA — 4 ta;
Yaponiya — 4 ta;
Boshqa davlatlar — 12 ta.

Teglar

Mavzuga oid