Erondagi O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

Bugun 15:351 daqiqa

Eron hududida bo‘lib turgan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkmaniston orqali tranzit yo‘li bilan vatanga qaytarildi.

Erondagi O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi © «Dunyo» AA

O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarni evakuatsiya qilish jarayonida Turkmanistonning tegishli idoralari bilan yaqin hamkorlik olib bordi. Xususan, viza rasmiylashtirish hamda transport-logistika bilan bog‘liq masalalar tezkor tarzda hal etildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Qaysi chegara punktlari orqali o‘tkazildi?

Ma’lum qilinishicha, Turkmaniston tomonining ko‘magi bilan fuqarolar «Saraxs–Seraxs» va «Gaudan–Bajgiran» chegara o‘tkazish punktlarida kutib olingan. Diplomatik xodimlar ularning xavfsiz tarzda O‘zbekistonga yetib kelishi uchun zarur choralarni ta’minladi.

Rasmiylarga ko‘ra, evakuatsiya qilingan fuqarolarga yo‘l davomida tashkiliy va konsullik yordami ko‘rsatilgan. Shuningdek, diplomatik vakolatxona hech bir O‘zbekiston fuqarosi yordamsiz qolmasligini alohida ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 2-martdan fuqarolar va transport vositalari o‘tishi uchun Turkmaniston—Eron davlat chegarasining Gaudan—Bajgiran, Artik—Lyutfabad, Akyayla—Incheburun va Oltin Asir—Incheburun nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati ham qayta tiklangan. O‘zbekistonning 13 nafar fuqarosi Turkmaniston orqali vatanga qaytarilgan.

Teglar

Mavzuga oid