Logo

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 34,8 trln so‘mga yetdi

Bugun 13:352 daqiqa

2026-yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,6 foizga oshdi. Hududlar orasida Toshkent shahri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 34,8 trln so‘mga yetdi © Ijtimoiy tarmoqlar

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda bu ko‘rsatkich 18,6 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu mamlakatdagi jami hajmning qariyb 53,4 foiziga teng.

Keyingi o‘rinda Samarqand viloyati joylashgan. Hududda dastlabki to‘qqiz oy davomida 2,3 trillion so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu respublika bo‘yicha foiz hisobida 6,6 foizini tashkil etadi.

Farg‘ona viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 2,1 trillion so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatdagi jami hajmning qariyb 6 foiziga teng.

Namangan va Andijon viloyatlarining har birida yanvar-sentabr oylarida 1,7 trillion so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu respublika bo‘yicha umumiy hajmning har bir viloyat uchun alohida hisoblaganda taxminan 4,9 foizini tashkil qiladi.

Buxoro viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 1,5 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu respublika bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning taxminan 4,3 foiziga teng. Toshkent viloyatida ham dastlabki to‘qqiz oyda xuddi shu ko‘rsatkich qayd etilgan.

Qashqadaryo viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 1,2 trillion so‘mga yetgan. Bu mamlakat bo‘yicha jami ko‘rsatkichning 3,4 foiziga teng.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026 yilning yanvar-sentabr oylarida 1 trillion so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan. Ushbu hududning respublika jami hajmidagi ulushi qariyb 2,9 foizni tashkil etadi.

Xorazm viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 948,5 milliard so‘mga teng bo‘lgan. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning taxminan 2,7 foizini tashkil qiladi.

Surxondaryo viloyatida dastlabki to‘qqiz oy davomida 929,6 milliard so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan. Hududning jami hajmdagi ulushi qariyb 2,7 foizga teng.

Navoiy viloyatida esa ta’lim xizmatlari hajmi 524,1 milliard so‘mni tashkil qilgan. Bu respublika bo‘yicha umumiy so‘mmaning taxminan 1,5 foiziga to‘g‘ri keladi.

Jizzax viloyatida ushbu ko‘rsatkich 513 milliard so‘m bo‘lgan. Hududning mamlakat jami ta’lim xizmatlari hajmidagi ulushi qariyb 1,5 foizni tashkil qiladi.

Sirdaryo viloyati hududlar orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu yerda 2026 yilning yanvar-sentabr oylarida ta’lim xizmatlari hajmi 349,1 milliard so‘mni tashkil qilgan. Bu respublika bo‘yicha jami hajmning taxminan 1 foiziga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aholining necha foizi kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega ekani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid