Logo

Uy olmoqchi bo‘lganlar uchun yangi xizmat ishga tushdi

Bugun 14:371 daqiqa

Xizmat orqali qurilayotgan uyning ruxsatnomasi va ekspertiza xulosasini ko‘rish, bino qachon foydalanishga topshirilishini bilish mumkin. Shuningdek, u qurib bitkazilgan binolar va 30 dan ortiq yo‘nalishdagi obyektlar haqida ma’lumot ham beradi.

Uy olmoqchi bo‘lganlar uchun yangi xizmat ishga tushdi © Statistika qo‘mitasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qurilish obyektlari haqidagi ochiq ma’lumotlarni ko‘rish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda portal axborot xizmati ma’lum qildi. U ko‘p qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar, madaniyat, san’at va turizm obyektlari haqida ma’lumotlarni qamrab oladi.

Portalda obyektning nomi, manzili, toifasi va foydalanishga topshirish muddati ko‘rsatiladi. Uy xaridorlari binoning necha qavatli ekani, unda nechta xonadon bo‘lishi, umumiy maydoni va loyiha qiymatini ham bilib olishi mumkin. Shuningdek, qurilishga buyurtma bergan, loyihani tayyorlagan va qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilotlar haqida ma’lumot beriladi.

Portal orqali quyidagi hujjatlarni yuklab olish mumkin:

  • Arxitektura-shaharsozlik kengashi xulosasi;

  • Ekspertiza xulosasi;

  • Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun berilgan ruxsatnoma.

Xizmat ayniqsa qurilish tugamasidan turib xonadon uchun pul to‘laydigan xaridorlarga qo‘l keladi. Ular to‘lov qilishdan oldin qurilishga kim mas’ul ekani, ishlarni boshlashga ruxsat berilgani va uy qachon topshirilishi rejalashtirilganini tekshira oladi.

Xizmatdan mazkur havola orqali foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz,avvalroq xonadon uchun to‘langan pulni bankdagi eskrou hisobvarag‘ida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborilgandi. Loyihaga ko‘ra, quruvchi bu mablag‘ni uy foydalanishga topshirilgach olishi mumkin bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid