Logo

Bokuda Tashkent Content Market xalqaro platformasi taqdim etildi

Kecha 21:522 daqiqa

«Building Trust through Media in a Polarized World» mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazida O‘zbekistonda yaratilayotgan media kontentni ilgari surish va tarqatishga qaratilgan xalqaro platforma — Tashkent Content Market (TCM) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bokuda Tashkent Content Market xalqaro platformasi taqdim etildi

​Taqdimot Ozarboyjon Media va teleradioeshittirish kengashi ko‘magida tashkil etilib, unda Ozarboyjon televideniye va media industriyasining yetakchi vakillari, shuningdek, xalqaro media-forum ishtirokchilari qatnashdi.

​Taqdimot davomida ishtirokchilarga Tashkent Content Market faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda yaratilayotgan televideniye, hujjatli, ko‘ngilochar va raqamli kontentni xorijiy bozorlarda ilgari surish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

​Taqdimotda telekompaniyalar, media platformalar, prodyuserlik markazlari va kontent huquq egalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekistonda yaratilgan kontentni xarid qilish va tarqatish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish salohiyati haqida ma’lumot taqdim etildi.

​Tashkent Content Market xalqaro ishtirokchilari qatorida Amazon MGM Studios, Prime Video, BBC Studios, CNN, Sony, Banijay Americas, NBCUniversal, Netflix, Roku, YouTube, Warner Bros., ZDF, Canal+, France TV, TF1, Tencent Video, iQIYI, mk2 hamda global kontent industriyasining boshqa yetakchi kompaniyalari va media xoldinglari mavjud.
​Taqdimot davomida xalqaro kompaniyalarning keng doiradagi ishtiroki Ozarboyjon media industriyasi vakillari uchun ham yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Ozarboyjon telekanallari, prodyuserlik kompaniyalari va kontent huquq egalari uchun Tashkent Content Market o‘z kontentini xalqaro auditoriyaga taqdim etish, distribyutsiya va koproduksiya sohasida yangi hamkorlar topish, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardagi kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.

​Tashkent Content Market MDH hududidagi eng yirik kontent marketlaridan biriga aylanishi, bir maydonda turli mamlakatlarning yetakchi kontent ishlab chiqaruvchilari, telekanallari, OTT platformalari, distribyutorlari va huquq egalari vakillarini birlashtirishi kutilmoqda.
​Tashkent Content Marketda ishtirok etish uchun rasmiy tcm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid