add

Chin yurtidan Yangi dunyogacha: O‘zbekiston Prezidenti 2025 yilda nechta davlatda bo‘ldi?

20.10.2025 | 18:00414317

O‘tayotgan o‘n oy davomida Shavkat Mirziyoyev turli darajadagi tashriflar bilan naq 15 ta xorijiy davlatda bo‘ldi. Vaqt.uz davlat rahbarining joriy yildagi tashriflari xronikasini va ularning asosiy voqealarini bir joyga jamladi.

Chin yurtidan Yangi dunyogacha: O‘zbekiston Prezidenti 2025 yilda nechta davlatda bo‘ldi?
O‘zbekiston Prezidenti 2025 yildagi xorijiy safarlarini Birlashgan Arab Amirliklaridan boshladi. 13 yanvar kuni BAAga rasmiy tashrif bilan borib, oliy darajadagi muzokaralar, mamlakatning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» xalqaro sammitida ishtirok etdi; Dubay shahrida bo‘lib, Amirliklar Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashdi. Shavkat m 01 Mirziyoyev fevral oyining 4-kunida rasmiy tashrif bilan Malayziyaga uchib ketdi. O‘zbekiston-Malayziya biznes forumida qatnashdi, mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan davlatlar o‘rtasidagi sheriklikni innovatsion rivojlantirish davrini boshlashga kelishib oldilar. 17 fevral sanasida Kuvayt amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifi bilan shu mamlakatga rasmiy tashrif amalga oshirildi. Oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari bo‘lib  o‘tdi. Fransiyaga davlat tashrifi 12-mart kuni boshlandi. Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzolashdi. Umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik dasturi qabul qilindi. Tashrif doirasida davlat rahbari YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan ham uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining Samarqand shahridagi 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi. Shavkat m 02 29 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonга yo‘l oldi.  Mamlakat rahbari Qosim-Jomart Toqayev hamrohligida "Medeu" tog‘-chang‘i klasteri faoliyati bilan tanishib, raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari, ikki mamlakat atoqli musavvirlarining rangtasvir va grafika asarlari ko‘rgazmalarini ko‘zdan kechirdi. Shavkat m 03 31 mart kuni navbatdagi amaliy tashrif uchun manzil Tojikistonнинг Xo‘jand shahri bo‘ldi. Bu yerda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari uch davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnomani imzolashdi. Shavkat m 04 Shavkat Miromonovich Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun 8 may kuni Rossiyaга uchib ketdi. 19 may sanasida Prezident Vengriya bosh vaziri Viktor Orban taklifi bilan ushbu mamlakatga rasmiy tashrif o‘tkazdi. Vengriya ishbilarmonlari bilan hamkorlikkа kelishib olindi, mamlakat Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuvda parlamentlararo yo‘nalishda birga ishlashni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Mirziyoyev Budapeshtda tashrifini yakunlagach, 21 may kuni Sloveniya Respublikasiga yo‘l oldi. Mezbon davlat Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan birga qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi. Ushbu rasmiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi 20 yilda ilk bor oliy darajadagi tadbirlarning o‘tkazilishi bo‘lib, o‘zaro munosabatlarida yangi bosqichning boshlanishi sifatida baholandi. Shavkat m 05 30-may kuni esa Prezident Markaziy Osiyo – Italiya" sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga uchib ketdi. Atigi 17 kundan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning samolyoti yana qo‘shni Qozog‘iston sari yo‘l oldi: Prezidentimiz "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammitida qatnashdi. Tashrif davomida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jinping bilan ham muzokara o‘tkazdi. Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24 iyun kuni mazkur mamlakatga davlat tashrifi amalga oshirildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichi sifatida ko‘rilgan tashrif doirasida ishbilarmon doiralar va davlat idoralari vakillari ishtirokida qo‘shma biznes forumi o‘tkazildi, Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston mahsulotlarining shourumiga ega savdo uyi ochildi.   Shavkat m 06 Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasiга amaliy tashrifni amalga oshirdi. 2 iyul kuni esa Prezident Ilhom Aliyev taklifi bilan Ozarbayjonga davlat tashrifi o‘tkazildi. Prezidentlar "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘yishdi, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib berishdi. Mirziyoyev  "Sea Breeze" kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi. Shavkat m 07 Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 4-5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Mazkur oy yakunida davlat rahbari tag‘in turkman yurtiga yo‘l oldi. Bu galgi amaliy tashrifning maqsadi «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston" formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etish bo‘ldi. Shavkat m 08 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jinping taklifiga binoan Shavkat Miromonovich Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda qatnashdi. 20-24 sentyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Шtаtларига amaliy tashrif o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so‘zladi; tashrif doirasida BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon, Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn, Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel, Albaniya Prezidenti Bayram Begay, shuningdek, XVF boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okondjo-Iveala bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Va albatta, Donald Tramp bilan uchrashuv tashrifning markaziy voqeasi bo‘ldi. Shavkat m 09 6 oktyabr kuni yana bir yirik xalqaro tadbir – Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti munosabati bilan navbatdagi tashrif manzili Ozarbayjon bo‘ldi. 9-10 oktyabr kunlari esa Shavkat Mirziyoyev Tojikistonda bo‘lib, «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Shavkat m 10 Qolaversa, davlat rahbarining o‘zi ham yilning o‘tgan qismi davomida  Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso, Bolgariya prezidenti Rumen Radev, Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn,  Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhammedov, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif kabi yuqori martabali shaxslarni mezbon sifatida qabul qildi. Qiziq jihat: o‘tgan o‘n oy davomida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Ozarbayjon va Tojikistonga ikki martadan safar qildi. Qozoq bovurlar esa bu borada mutlaq yetakchi – Qozog‘iston O‘zbekiston rahbariga naq uch karra mezbonlik qildi. Shu o‘rinda foydali ma’lumot sifatida davlat tashrifi, rasmiy tashrif va amaliy tashrifning farqlariga to‘xtalib o‘tsak: Davlat tashrifi davlat rahbarining eng oliy darajadagi diplomatik tashrifi hisoblanadi. U faqat mezbon davlat rahbari taklifi bilan amalga oshiriladi va ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, strategik sheriklikni mustahkamlashni maqsad qiladi. Tashrif eng yuqori protokol darajasida o‘tkaziladi, ya’ni aeroportda faxriy qorovul, davlat bayroqlari, madhiyalar, qizil yo‘lak, salomlashuv marosimi bo‘ladi; davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralardan tashqari tantanali ziyofat ham tashkil etiladi; odatda 2–3 kun davom etadi; tashrif doirasida davlatlararo shartnomalar, deklaratsiyalar, strategik hamkorlik hujjatlari imzolanadi; siyosiy jihatdan do‘stlik va ishonch belgisi sifatida qaraladi, mediada keng yoritiladi. Rasmiy tashrif davlat tashrifidan bir pog‘ona past hisoblanadi. Asosiy maqsadi — amaliy siyosiy, iqtisodiy yoki mintaqaviy masalalarni muhokama qilish va kelishuvlar imzolashdir. Taklif hukumat yoki davlat rahbari tomonidan berilishi mumkin; davlat ziyofati o‘rniga rasmiy kechki ovqat bo‘lishi mumkin; odatda 1–2 kun davom etadi; imzolanadigan hujjatlar ko‘proq amaliy ahamiyatga ega bitimlar bo‘ladi (iqtisodiy, transport, madaniyat sohalarida va h.k.); ommaviy axborot vositalari orqali yoritiladi, lekin davlat tashrifi darajasida emas. Amaliy (ishchi) tashrif – muayyan masalalarni muhokama qilish, muzokaralar o‘tkazish yoki hujjatlar imzolash kabi amaliy vazifalar uchun uyushtiriladi. Protokol darajasi pastroq bo‘ladi — faxriy qorovul, tantanali marosimlar bo‘lmaydi; tashrif muddati qisqa (1–2 kun, ba’zan bir necha soat); maqsad – oldindan aniq belgilangan masala bo‘yicha muzokara o‘tkazish, biron tadbirda ishtirok bo‘lishi mumkin; qabulda asosan hukumat a’zolari, vazirlar qatnashadi. Saodat Abdurahmonova tayyorladi

Teglar

Mavzuga oid