add

Davlat banklarini xususiylashtirish muddati nega uzaytirilaveradi?

04.08.2025 | 15:0046677

O‘zbekistonda davlat banklarini xususiylashtirish rejalari yillar davomida muntazam ortga surilmoqda. Bunga iqtisodchilar nima deydi? Xalqaro tashkilotlar qanday munosabat bildirgan?

Davlat banklarini xususiylashtirish muddati nega uzaytirilaveradi?
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2026–2028 yil uchun fiskal strategiyaga ko‘ra, 4 ta bankni xususiylashtirish kechiktirilishi ma’lum qilingan edi. Bunda «O‘zsanoatqurilish»ni xususiylashtirish 2025–2026 yillarda amalga oshirilishi kutilsa, «Asakabank», «Aloqabank» va «Turonbank» esa 2026–2027 yilgacha kechikadi. Uzbank 01 Bu holat birinchi marta sodir bo‘lgani yo‘q. Xususan, Prezident shu yil 27 dekabr kuni bir nechta davlat banklarini xususiylashtirishning so‘nggi muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagandi. Unda «Asakbank», «O‘zsanoatqurilishbank» (SQB) va «Aloqabank»dagi davlat ulushlarini sotish muddatlari 2025 yilga ko‘chirilgan, ammo bu muddat yana uzaytirildi. Dastlab, mamlakatdagi yirik banklardan biri hisoblangan «O‘zsanoatqurilishbank»dagi barcha davlat ulushini 2022 yil oxirigacha, keyinchalik esa 2023 yil охириgaча savdoga chiqarish rejalashtirilgandi. Shuningdek, 2024 yil oxirigacha xususiylashtirish orqali bankdagi davlat ulushini 50 foizdan kamaytirishga qaror qilindi, biroq amalga oshmadi. «Asakabank» xususiylashtirish muddati esa 2023 yil oxiridan 2025 yil oxirigacha surilgani xabar qilingandi. 2024 yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan «Asaka Bank»ni xususiylashtirish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qilgandi. Ayni paytda «Asakabank» Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga (71,09 foiz), Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (28,17 foiz), Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga (0,59 foiz), «O‘zavtosanoat»ga (0,08 foiz), «O‘zagrosug‘urta»ga (0,06 foiz) va «O‘zbekinvest»ga (0,01 foiz) tegishli. «Avval ham ko‘p bora aytganimizdek, yirik davlat banklarini xususiylashtirish bo‘yicha jiddiy maqsad yo‘q o‘zi. Axir davlat bankalari hukumat qo‘lidagi dastyorku. 2025 yilda ularning dastyorlik funksiyalari yanada kuchaydi, ya’ni davlat banklari bankchilikdan yanada uzoqlashdi, demakki ularning sifati yanada pasaydi va narxi yanada arzonlashdi», — deb iqtisodchi Otabek Bakirov munosabat bildirdi. Shuningdek, 2025 yil 1 yanvargacha (avval 2023 yil 1 iyulgacha edi) fond birjasida «Aloqabank» uchun IPO o‘tkazish rejalashtirilgandi. Hozirda bank ulushlarining 53,8 foizi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, 19,18 foizi «O‘zbektelekom», 5,49 foizi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, 3,76 foizi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 1,83 foizi «Elektromagnit moslashuv markazi»ga tegishli. Iqtisodchi Bakirov esa «Aloqabank» haqida o‘z blogida quyidagicha yozgan:
«Po‘yxatda bir istisno bor. Bu nisbatan kichik va mobilroq «Aloqabank». «Aloqabank» kapitalida mahalliy investorlar o‘tgan yili oxirida paydo bo‘lgan. Mahalliy investorlar «Aloqabank»dagi o‘z ulushini oshirishda davom etishmoqda ham (albatta, davlat 1 so‘mdan sotib olgan aksiyalar ikkilamchi bozorda 2,5 karra arzon sotilishi savolli, savol — o‘zi 40 tiyinlik aksiyani 1 so‘mdan olayotgan davlat organlariga). Hammasi risoladagidek ketsa, keyingi yilga «Aloqabank»ning nazorat paketi xususiy qo‘llarga o‘tib qolsa kerak. Balki xuddi shu taqdirni, begona qilinmay, yana bir kichik bank — «Turonbank» ham takrorlaydi (kapitali kichik, nominalidan 2–3 karra arzon olish mumkin)».
Shu o‘rinda, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga davlat banklarini xususiylashtirish va davlat moliyaviy yordamini shaffof kredit platformalari, kafolat va subsidiyalar kabi bozorga asoslangan mexanizmlarga o‘tishni tavsiya qilgan. Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazilgan baholash dasturiga ko‘ra, banklar murakkab vaziyatlarda sezilarli darajada qayta kapitallashtirish talab etilishi kutilmoqda. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid