add

Dunyoning qaysi mamlakatlarida eng ko‘p migrantlar yashaydi? — tahlil

28.07.2025 | 15:00467314

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda global miqyosda 281 milliondan ortiq mehnat migrantlari mavjud bo‘lib, bu dunyo aholisining 3,6 foiziga teng.

Dunyoning qaysi mamlakatlarida eng ko‘p migrantlar yashaydi? — tahlil
2025 yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng ko‘p xalqaro migrantlar yashaydigan mamlakatlar orasida AQSH mutlaq yetakchilik qilmoqda.  Ushbu ko‘rsatkichlar xalqaro migratsiyaning barqaror va uzluksiz tus olgan jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Immigrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turgan Amerika Qo‘shma Штатларида hozirda 52,4 milliondan ortiq xalqaro migrant istiqomat qiladi. Bu raqam AQSHni nafaqat iqtisodiy salohiyati, balki ijtimoiy imkoniyatlari, ta’lim tizimi, ish o‘rinlari va siyosiy barqarorligi bilan ham dunyoning eng jozibali davlatiga aylantirganini ko‘rsatadi. AQSH hukumati ham immigratsiyani mehnat bozorining muhim omillaridan biri sifatida ko‘rib kelmoqda. Ikkinchi o‘rinda joylashgan Germaniyaда 16,8 million xalqaro migrant yashaydi. Bu mamlakat ayniqsa 2015 yildan so‘nggi yirik migratsion to‘lqinlar natijasida millionlab suriyalik, afg‘onistonlik va boshqa mojaroli hududlardan kelgan kishilarni qabul qildi. Germaniya hukumati ko‘plab integratsiya dasturlari orqali migrantlarning jamiyatga moslashuviga yordam bermoqda. Saudiya Arabistoni esa 13,7 million immigrant bilan uchinchi o‘rinda turibdi. Bu yerda asosiy migratsiya sababi — mehnat. Xususan, qurilish, xizmat ko‘rsatish va neft sanoati sohalarida ish kuchi yetishmasligi sababli Osiyo va Afrika davlatlaridan millionlab ishchilar bu mamlakatga kelgan. Biroq mutaxassislar ushbu mehnat migrantlarining huquqlari bilan bog‘liq masalalarda jiddiy muammolar mavjudligini qayd etmoqda. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (11,8 mln), Fransiya (9,2 mln), Ispaniya (8,9 mln), Kanada (8,8 mln), Birlashgan Arab Amirliklari (8,2 mln), Avstraliya (8,1 mln) va Rossiya (7,6 mln) kabi davlatlar joy olgan. Bu mamlakatlar ham o‘zining turli sabablari — iqtisodiy barqarorlik, ta’lim imkoniyatlari, xavfsizlik, ijtimoiy tizimlarning rivojlanganligi — tufayli migrantlar uchun jozibador sanaladi. Xalqaro migratsiya bo‘yicha ekspertlar fikricha, hozirgi global tartibda migratsiya jarayoni ikki asosiy yo‘nalishda davom etmoqda: biri yuqori daromadli, rivojlangan davlatlarga yo‘naltirilgan ixtiyoriy migratsiya bo‘lsa, ikkinchisi — mojaro, iqlim o‘zgarishi yoki iqtisodiy inqirozlar sababli yuzaga kelgan majburiy migratsiyadir. Xususan, Yevropa davlatlarida integratsion siyosatning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi mamlakat ichidagi siyosiy muhitga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon Banki va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, migratsiya oqimlari nafaqat mehnat bozorlariga ta’sir qilmoqda, balki kelib chiqqan mamlakatlar uchun ham iqtisodiy foyda keltirmoqda — asosan pul jo‘natmalar (remittance) ko‘rinishida. 2024 yilda dunyo bo‘yicha pul jo‘natmalar hajmi 860 mlrd AQSH dollarига yaqinlashgan. Umuman olganda, xalqaro migratsiya XXI asrda global jarayonlar — urbanizatsiya, demografik o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va iqlim o‘zgarishlarining ajralmas qismiga aylangan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu tendensiya yaqin kelajakda ham davom etadi va xalqaro hamjamiyat tomonidan yanada muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni talab qiladi. Migratsiya faqat muammolar manbai emas, balki to‘g‘ri boshqarilganda iqtisodiy o‘sish, demografik barqarorlik va madaniy boyliklar keltiradigan imkoniyat hamdir. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti eksperti Mariya Frankoning ta’kidlashicha: «Migratsiya – bu global muammo emas, balki to‘g‘ri boshqarilsa, iqtisodiy o‘sish va madaniy almashuv uchun ulkan imkoniyat. Davlatlar muhojirlarni integratsiyalash orqali ulardan ijobiy foyda olishi mumkin». Shu nuqtayi nazardan qaraganda, migratsiya global barqarorlik va taraqqiyot uchun hal qiluvchi omillardan biriga aylanib bormoqda.   O‘zbekistonlik muhojirlar eng ko‘p qaysi davlatlarda eng ko‘p yashaydi? Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda 6,2 million o‘zbekistonlik xorijga chiqqan — bu 2023 yilga nisbatan deyarli 30 foizga ko‘p. Ularning katta qismi daromad izlab xorijga borgan. Mazkur raqamlar ichida faqat mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq safarlar aks ettirilgan bo‘lib, qolganlari sayohat, o‘qish yoki boshqa maqsadlarga tegishli bo‘lishi mumkin. 2024 yilda mehnat muhojirlari O‘zbekistonga 15 milliard dollarga yaqin pul yuborgan. Bu mablag‘ 2025 yilgi davlat byudjeti daromad qismining taxminan 42 foizini (35,9 mlrd dollar) tashkil qiladi. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bu pul o‘tkazmalari bo‘lmaganida, O‘zbekistonda qashshoqlik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizgacha oshib ketgan bo‘lardi. 2024 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun eng ommabop muhojirlik manzillari Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Turkiya va Yevropa davlatlari bo‘lib qolmoqda. Mehnat migratsiyasi hozircha oilalar byudjetining asosiy manbalaridan biri sifatida muhim ijtimoiy-iqtisodiy rol o‘ynamoqda. [caption id="attachment_10798" align="aligncenter" width="630"]Migrant taxlil1 Infografika: Vaqt.uz[/caption] Rossiya: Hozir ham eng ko‘p o‘zbekistonlik muhojirlar aynan Rossiyada ishlaydi. O‘tgan yillarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lgan: masalan, 2016 yilgacha 4-6 mlngacha o‘zbekistonlik Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan. Ayni vaqtda ko‘rsatkich 1 mlnga ham yetmaydi. So‘nggi yillarda mamlakat ichida iqtisodiy islohotlar va pandemiya omillari sabab ko‘plab o‘zbekistonliklar Vatanga qaytmoqda. Qozog‘iston: Soddalashgan migratsiya talablari, yaqinda ro‘yxatdan o‘tmay 30 kungacha qolish imkoniyati va yaqin geografik joylashuv sababli Qozog‘iston o‘zbekistonliklar uchun muhim muhojirlik davlatga aylangan. Ish haqi Rossiyaga qaraganda past bo‘lsa ham, ayrimlar uchun viza va yo‘l xarajatlari arzonligi tufayli Qozog‘istonga borish afzallik beradi. Janubiy Koreya: Bu davlatining so‘nggi yillardagi rasmiy ishchilar kvotasi va mavsumiy ishchilar dasturlari tufayli o‘zbekistonliklar soni oshib boryapti. Qishloq xo‘jaligi, qurilish va ishlab chiqarish sohalaridagi ishlarga talab yuqori. Rasmiy ishlash uchun borayotganlarning ayrimlari mehnat qonunchiligi va viza tartibiga qat’iy amal qilishi talab etiladi. Turkiya: qardosh davlat ham o‘zbekistonliklar uchun tez ortayotgan yo‘nalishdan biri. Ammo ko‘plab muhojirlar til bilmaslik va rasmiy hujjatlarni qilishdagi qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu yerda ko‘pincha o‘zbekistonliklar xizmat ko‘rsatish va kichik bizneslarda ishlaydi. Yevropa: So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi davlatlariga ko‘chayotgan o‘zbekistonliklar soni sezilarli darajada ko‘paydi. 2023 yilda Yevropada vaqtincha ishlash uchun ruxsatnomalar soni birgina yil ichida 31 ming 800 taga yetdi. Eng ko‘p mehnat migratsiyasi Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Chexiya va Ispaniyaga qaratilgan. Iqtisodchi va bandlik bo‘yicha mutaxassislar fikriga ko‘ra, mehnat migratsiyasi qisqa muddatda iqtisodiy foyda berayotganiga qaramay, uzoq muddatda yuqori malakali kadrlarning chetga chiqishi, oilalarning ajralishi, bolalarning tarbiyasiga tasiri, ijtimoiy integratsiya muammolari kabi qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Yangi davlatlarda til va ijtimoiy muhitga moslashish, rasmiy hujjatlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar, ayrim hollarda diskriminatsiya va huquqsiz ishlash hollari eng muhim muammolar sifatida qayd etiladi. Mehrinoza Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid