
Jefri Epshteyn ishi: axloqsiz elita, cheksiz kompromat va hali ochilmagan sirlar
2019 yilda Epshteynning qamoqxonadagi o‘limi oddiy jinoyat ishidan ancha kengroq. Moliya elitasi, siyosiy qudrat, voyaga yetmaganlarning jinsiy ekspluatatsiyasi va kompromat tizimi atrofida qurilgan bu hikoya hali ham jahon jamoatchiligini bezovta qilmoqda.
2019 yil. Nyu-York. Dunyo moliya elitasi bilan aloqada bo‘lgan bir inson — Jefri Epshteyn qamoqxonada o‘lik holda topiladi. Xo‘sh, bu oddiy jinoyat ishi edimi? Yoki global mojaromi?
Epshteyn kim edi?
AQSHlik yahudiy — Jefri Epshteyn juda boy edi, ammo uning pullari qayerdan kelgani har doim noaniq bo‘lgan. Uning «Lolita Express» nomli shaxsiy uchog‘i yo‘lovchilari orasida AQSH siyosatchilari, Britaniya qirollik oilasi a’zolari, diplomatlar, olimlar va Hollivud yulduzlari ham bo‘lgan. Ular ushbu uchoq bilan sirli orolga uchishgan.
Savol tug‘iladi: dunyoning eng qudratli insonlari bu sirli odamning atrofida nima qilardi? Asl dahshat aynan shu yerdan boshlanadi.
Chunki Epshteyn norasida qizlarni yolg‘iz zo‘rlamagan, ularning go‘shtini yolg‘iz yemagan…
Tizim va «Honey trap»
U butun bir tizim yaratgan. Jinoyatchining eng yaqin sherigi esa Elayn Maksvell bo‘lgan. Maksvell kambag‘al va voyaga yetmagan qizlarni topib, ularni «massajchi bo‘lasan, karyera qilasan» degan yolg‘on va’dalar bilan aldar, so‘ng Epshteyn oldiga olib kelardi. Bu usul jamiyatshunoslik va razvedkada «asal tuzog‘i», ya’ni Honey trap deb ataladi.
Honey trap — bu insonning shahvoniy, hissiy yoki axloqiy zaifligidan foydalanib uni nazorat qilish, shantaj qilish yoki boshqarish usulidir.
Epshteyn va uning tarmog‘i dunyoning moliyaviy va siyosiy jihatdan eng qudratli erkaklarini o‘sha orolga taklif qilgan, ularga voyaga yetmagan qizlarni taqdim etgan va bo‘layotgan barcha ishlarni yashirincha yozib olgan.
G‘arbning ko‘zga ko‘ringan shaxslarining aksariyati uning xizmatidan foydalanib kelgani sabab yillar davomida politsiya ham, FQB ham, OAV ham — xullas hamma-hamma bu jirkanch ishlarga ko‘z yumib kelgan.
Kompromat va jazosizlik
Epshteyn qo‘lida dunyoning eng kuchli odamlariga oid shantaj materiallari bor edi. Rus tilida buni «kompromat» deyishadi.
Bir marta bu tuzoqqa tushgan siyosatchi yoki tadbirkor endi Epshteyn va uning ortidagi ko‘rinmas kuchlarning qo‘g‘irchog‘iga aylanardi. Shuning uchun ham uni qamash oson emas edi. Chunki u va uning tizimi qulab tushsa, ko‘plab yirik nomlar ham u bilan birga qular edi.
Epshteyn 2008 yilda qo‘lga olingan bo‘lsa-da, yashirin maxsus kelishuv bilan ozodlikka chiqib ketgan.
2019 yil va o‘lim
2019 yilda u yana hibsga olindi. Ammo gapirishga ulgurmasdan, qamoqxonada o‘lik holda topildi. Rasmiy bayonotda «o‘z joniga qasd qilgan» deyildi. Lekin «tasodif»ni qarangki, o‘sha kecha qamoqxona kameralari ishlamagan. Bu omillar esa konspirologiyalarni kuchaytirdi. Internetdagi nazariyalarga ko‘ra, u «yo‘q qilingan». Chunki, muhim shaxslarni fosh qilishi mumkin edi. Ammo bu nazariyalarni tasdiqlaydigan rasmiy dalillar yo‘q.
Nima uchun hujjatlar ochilmayapti?
Bugun ham Epshteyn bilan bog‘liq barcha hujjatlar to‘liq ochiqlanmagan. Chunki o‘sha ro‘yxatdagi ko‘plab ismlar hanuz dunyoni boshqarib kelmoqda.
Mashhur jamiyatshunos Rayt Mills «Hokimiyat elitalari» nazariyasida dunyoni siyosatchilar, harbiylar va kapital egalari boshqarishini aytgan edi.
Ammo Epshteyn kabi shaxslar bu formulani o‘zgartirdi. Endi qattiq kuch emas, balki yumshoq kuch — ya’ni media kimning qo‘lida bo‘lsa, dunyoni ko‘proq o‘sha boshqaradi.
Gabriela voqeasi va qora dahshat
2009 yil 4-avgust kuni 21 yoshli meksikalik supermodel Gabriela Riko Ximenes shok holatida Meksikada joylashgan «Monterrey» nomli hashamatli mehmonxonadan yugurib chiqadi. O‘sha paytda mehmonxonada G‘arb elitasi vakillari ishtirokida yopiq kecha bo‘lib o‘tayotgan edi.
Gabriela «Nyam-Nyam» yozuvli yirtilgan futbolkada qochib chiqib, baqirgan:
«Ular odamlarni yemoqda! Naqadar jirkanchlik! Ular odamlarni yemoqda! Men bu haqda bilmagan edim! Qotilliklar haqida — ha, lekin ular odamlarni yeyapti! Odamlarni! Ulardan inson go‘shti hidi chiqayapti!»
O‘sha paytda bu holatga deyarli hech kim jiddiy ahamiyat bermagan, qiz kuchli narkotik ta’siri ostida bo‘lgan, deb hisoblangan.
«Baal»
Biroq, 2026 yilda Epshteyn fayllarida qiynoqlar, qurbonlik qilish marosimlari va zo‘rlash holatlari haqidagi ma’lumotlar yuzaga chiqdi.
Uning oroliga olib kelingan voyaga yetmagan modellar oldiga AQSH Demokratik partiyasi hukmron elitasining katta qismi, shuningdek, Bill Klinton, Bill Geyts va boshqa taniqli siyosatchilar tashrif buyurgani aytilmoqda. Shuningdek, Epshteyn bilan Tramp ma’muriyatining a’zolari muntazam aloqada bo‘lgani qayd etilgan.
Epshteyn hujjatlarida unga tegishli «Baal» deb nomlangan bank hisob raqami bo‘lgani ham aytiladi.
Tasodifni qarangki, bolalar qurbonligini talab qiladigan jahannam kuchlarining mifologik xudosini nomi ham Baal edi.
Fakt: Epshteyn jinoyat ishlari bo‘yicha sudlangan. Gumon: U orqali «maxfiy global tarmoq» fosh bo‘lishi kerak edi. Bu ikki tushunchani aralashtirmaslik muhim.
Epshteyn ishi va O‘zbekiston
AQSH adliya vazirligi 2026 yil 30-yanvarda Epshteyn bilan bog‘liq navbatdagi, 3,5 milliondan ziyod sahifali fayllarni omma uchun ochiqladi — bu juda katta hujjatlar to‘plami bo‘lib, unda sud materiallari, elektron pochta, parvoz jurnallari, fotosuratlar va videolar bor edi.
Bu ochiqlash «Epstein Files Transparency Act» qonuniga muvofiq amalga oshirildi va u hujjatlar tergovlar, sud ishlari va boshqa tahlillarga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Ammo bu ro‘yxat aybni isbotlash emas, faqat guvohlik va da’volar doirasidagi ma’lumotlar ekani alohida qayd etilgan.
Qizig‘i, arxiv hujjatlari orasida O‘zbekiston nomi ham ko‘p bor tilga olinadi. Shulardan birida Epshteynni O‘zbekistonga taklif qilingani va bu yerda u o‘zini o‘z uyidek his qilishi mumkinligi aytilgan.
Yana bir hujjatda esa o‘zbek qizlari va ularning fotolarini yuborib turgan «Sulton» ismli shaxs nomi uchraydi
Xulosa
Epshteyn ishi — faqat bir inson haqida emas. Bu — qudrat, moliya, siyosat va jamoatchilik ishonchi haqidagi hikoya. Hujjatlar qisman ochildi. Juda katta qismi esa yopiq qolmoqda. Ha, savollar juda ko‘p. Lekin har bir savolning javobi dalilga tayanishi kerak.
Teglar






