Maoshi kechikkan haydovchilar: poytaxt avtobuslarida yo‘lkiradan tushum kamaydimi?
09.10.2025 | 12:00489312
Toshkentda yo‘lovchilarning yo‘l haqini to‘lamay tushishi natijasida avtobus haydovchilarining maosh olishi ikki oygacha cho‘zildi, degan taxminlar bor. Vaqt.uz muxbiri avtobus haydovchilari va rasmiylardan izoh so‘rab, holatni o‘rgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt avtobuslaridagi tushum 50–73 foizga kamayib ketgani hisobiga haydovchilar oylik ololmayotgani haqida ma’lumot tarqaldi. Xususan, 2025 yil mart–sentyabr oylarida o‘tkazilgan reydlar davomida 6 mingdan ortiq yo‘l haqini to‘lamasligi oqibatida jarimaga tortilgan.
Ammo bu raqamlar har mavjud holatga real aniqlik kiritib bera olmaydi. Chunki avtobuslar ichida yo‘lovchining yo‘l haqini to‘lagan yoki to‘lamaganini tekshiradigan aniq tizim yo‘q. Oldingidek, avtobus salonlarida konduktor ham yo‘q. Avtobuslarda o‘rnatilgan kameralar orqali kimdir ushlanib, hammaning oldida ma’muriy jarimaga tortilish holatlari deyarli uchramaydi. Laziz Hamidovning yozishicha, kameralar faqat kartadan pul yechilgan yoki yechilmaganini tekshirar ekan. Markaziy bekatlarda amalga oshirilayotgan reydlar esa juda kam aholini qamrab oladi.
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Vaqt.uz muxbirlari avtobus haydovchilari bilan suhbatlashdi va mutasaddilarilarga ayrim savollar bilan murojaat qildi.
Toshkent shahar 5-yo‘nalish haydovchisiga murojaat qilganimizda (suhbat sentyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tgan) haydovchi ikki oydan beri oylik olmayotganini, sababini hech kim aytmay, erta, indin deb turishayotganini, lekin yo‘lovchilardan tushayotgan tushum kamaymaganini ta’kidladi. «Bizning yo‘nalishda deyarli hamma yo‘lkira haqini to‘laydi», — deya qo‘shimcha qildi u.
7 oktyabr kuni 115-avtobus haydovchisi bilan suhbatlashganimizda, u maosh to‘lovlarida chindan ham kechikish bo‘lgani, biroq so‘nggi kunlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lab berilganini ta’kidladi.
Nomini oshkor qilishni istamagan yana bir avtobus haydovchisi yo‘lovchilarning to‘lamay tushib ketish holatlari ko‘payotganini ta’kidlab, o‘zi harakatlanayotgan yo‘nalishda avtobusga chiqqan yo‘lovchilarning faqat 60 foizi yo‘l haqini to‘lashini aytdi. Shuningdek, u bizga avtobusda aylanib, yo‘lovchilarni kuzatishni taklif qilib, shunda masala yaxshi oydinlashishini ta’kidladi. Uning yana qo‘shimcha qilishicha, haydovchilar tushum uchun javobgar emas, ular faqat qatnovni o‘z vaqtida amalga oshirsa bas. Shu sababli tushumning kamaygani ularning oyligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin emas ekan.
89-yo‘nalish haydovchisiga ko‘ra, yo‘lovchilarning yo‘l haqini to‘lash foizi 75 foizga tushgan. «Tushumlarni ko‘paytirishning yagona yo‘li — reyd tadbirlarini ko‘paytirish. Haydovchi yo‘l haqini to‘lamay tushib ketayotgan yo‘lovchini ko‘rsa ham unga, indolmaydi. Hattoki bir haydovchi yo‘lovchiga «yo‘l haqini to‘la», degani uchun o‘rtada janjal chiqib, u ishdan olindi», dedi u.
Yana bir haydovchi Yo‘ldosh Mamatovning fikricha, avtobusda eski davrlardagidek, pul yig‘uvchi lavozimi o‘rniga nazoratchi lavomini joriy etish kerak. Shunda to‘lov usuli hozirgi ko‘rinishda saqlanib qolinib, uni to‘lash majburiyati qat’iylashadi.
Laziz Hamidov esa eski davrdagidek yo‘lkirani naqd pullarda to‘lashga qaytish yaxshi fikr emasligini ta’kidlaydi: «Fikrimcha, bu o‘z-o‘zidan 1-2 yilda to‘liq ishga tushib ketadigan tizim emas. Balki hammasi ishlab ketishi uchun 5 yil, balki undan-da ko‘proq vaqt zarur bo‘lar, lekin aslo ortga qaytmaslik kerak. Naqd pul yig‘ish amaliyoti birorta rivojlangan davlatda qolmagan. Ko‘proq nazorat va targ‘ibot qilish kerak», deb yozadi u.
Masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot kotibi Muslima Obidova bilan bog‘landik.
M.Obidova haydovchilarning maoshi nega ikki oyga kechikkani haqidagi savolga javob bermadi. Faqat barcha haydovchilarga maoshlar 2 oktyabr kuni to‘liq tushirib berilganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha ma’lum qilishicha, «Toshshahartransxizmat» yangi brutto shartnomasi asosida ishlab kelmoqda. Aksiyadorlik jamiyati tashuvchi shartnoma shartlariga binoan xizmat ko‘rsatadi. Ya’ni, «bosib o‘tilgan yo‘l» va «sifat» mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi, yo‘lovchilardan tushadigan pul tushumlaridan emas.
Yo‘lkiradan tushumlar kamaygan yoki kamaymagani to‘g‘risidagi savol bilan Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashirmatovga ham murojaat qildik.
Vazirlik axborot xizmati rahbari avtobuslarning kunlik tushumlari kamayib-kamaymagani haqida ma’lumot yo‘qligi, qolaversa, avtobus haydovchilarining maoshining kechiktirilishini esa bunga umuman aloqasi yo‘qligi ta’kidladi.
Ashirmatov keltirgan statistikaga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida jami 298 mln yo‘lovchi tashilgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 68,3 mln nafarga yoki 29,6 foizga oshishni ko‘rsatadi. Avtobus to‘lovlaridan olgan tushum esa 467,2 mlrd so‘m. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 74,2 mlrd so‘m yoki 18,9 foizga oshganligini anglatadi. Bunda elektron to‘lovlarning ulushi 99,9 foizni tashkil qiladi.
Haydovchilar va rasmiylar fikrini eshitgach, o‘zimiz ham avtobusda yo‘lovchi sifatida chiqib, holatni yaqindan kuzatishga qaror qildik. Yarim soatlik kuzatuv davomida taxminan har 10 yo‘lovchining 3 tasi yo‘l haqini to‘lamay tushib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yechim sifatida oqilona tizim, kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilmas ekan, ahvol yomonlashsa yomonlashadi-ku, lekin yaxshilanmaydi. Qolaversa, avtobuslarda yo‘lkira haqini to‘lashga chaqiriq sifatida uzundan uzun e’lon yangraydi: «Hurmatli yo‘lovchilar, yo‘l haqini to‘lashni unutmang. Yo‘l haqini to‘lamaslik ma’muriy javobgarlik keltirib chiqaradi va jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi», degan. Bunday e’lonlarni juda qisqa va ta’sirliroq qilish kerak. «Yo‘l haqini to‘lang. Aks holda, falon so‘m jarimaga tortilasiz», qabilida. Bu ogohlantirishni har bir bekatdan qo‘zg‘alish oldidan e’lon qilish kerak.
Mehrinoz Farmonova tayyorladi.