
Moskva chaqirdi — Boku javob qaytardi: Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik murosasizlik avj olmoqda
02.07.2025 | 21:3025362
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini rasman chaqirib, ikki davlat munosabatlariga zarar yetkazayotgan harakatlar uchun norozilik bildirdi.

2 iyul kuni Ozarboyjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Boku shahridagi elchisi Mixail Yevdokimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Ozarbayjon tomoni Rossiyaning so‘nggi harakatlarini «nodustona» deb baholadi va rasman norozilik bildirdi.
Ozarboyjon TIV bayonotiga ko‘ra, Rossiya tomonidan amalga oshirilgan qator harakatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bir kun avval Ozarboyjonning Moskvadagi elchisi Rahmon Mustafoyev Rossiya TIVga chaqirilgan hamda unga norozilik bildirilgan edi.





